1

Otabek Umarovning o`rniga Triatlon Federasiyasi va Aralash jang san`ati Assosiasiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi

Sport 14.08.2020, 23:02
Otabek Umarovning o`rniga Triatlon Federasiyasi va Aralash jang san`ati Assosiasiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi

O`zbekiston MMA assosiasiyasi va triatlon federasiyasining qo`shma yig`ilishi 14 avgust, juma kuni bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda Milliy olimpiya qo`mitasi.

Avvalroq mazkur tashkilotlar rahbarligidan Otabek Umarovning ketganligi haqida xabar berilgandi.

Yig`ilishda uning o`rniga ikkala tashkilotga ham rahbarlar saylangan. Xabarga ko`ra, Viktor Mahmudov Triatlon federasiyasi rais bo`lgan. MMA assotiasiyasiga esa Bahodir Qurbonov rahbar bo`lgan.

Ma`lumot uchun, Viktor Mahmudov O`zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Bahodir Qurbonov esa Mudofaa vaziri hisoblanadi.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1