Yaponiyaning Honda Motor avtokonserni AQSh Federal fuqaro aviasiyasi agentligidan o`zining ilk biznes-klass samolyoti HondaJet`ni sotishga ruxsat oldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
“Biz samolyot yaratdik, uni sinovdan o`tkazdik va nihoyat uni sotishga ruxsat oldik. Bu kompaniyamiz uchun katta yutuq”, —dedi kompaniya ijrochi direktori Mitimasa Fudzino.
Bungacha esa konsern avtomobillar va motosikllar ishlab chiqarishi bilan nom qozongan edi.
HondaJet smolyotini yaratish ishlari 1997 yilda boshlangan edi. Uning taxminiy narxi 4,5 million dollarni tashkil etadi. Uning boshqa samolyotlardan ajralib turuvchi o`ziga xos xususiyati-samolyotning dvigateli uning qanotlari ustida joylashgani hisoblanadi.
Havo layneri 13,1 ming metr balandlikda soatiga 770 kilometrdan ko`proq tezlikda uchadi. Samolyot ilk marta 2014 yilning iyun oyida sinovdan o`tkazilgan edi. Federal fuqaro aviasiyasi agentligi sertifikat berishdan oldin laynerni 3 soat mobaynida qo`shimcha sinovdan o`tkazgan.