AsosiyMadaniyat

O`zbekistonning ikki tomdan iborat Milliy atlasi yaratilmoqda

'O`zbekistonning ikki tomdan iborat Milliy atlasi yaratilmoqda'ning rasmi

“Kartografiya” Davlat ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-f-son farmoyishiga asosan 424 ta xaritani o`z ichiga jamlagan 2 tomdan iborat O`zbekiston Milliy atlasi yaratilmoqda. Bu haqda Daverkadastr rasmiy kanali ma`lum qildi.

2019 yilda Atlasning I-tomi bo`yicha ishlar to`liq yakunlandi va hozirda 12 ta vazirlik va idora bilan kelishildi.  

Atlasning II-tomining 1-4 bo`limlarida ham ishlar yakunlandi va bu jami 357 ta xaritani (84 foizini) tashkil etadi.  

Atlasning II-tomi 4-bo`limidagi iqtisodiyotga oid 67 ta xaritani yaratish va yakuniy chop etish ishlarini 2020 yil oktyabr oyi yakuniga qadar tugatish rejalashtirilgan.  

Chop etish ishlari esa yil oxiriga qadar yakunlanadi.

    Boshqa yangiliklar