1

Karantin talablari yumshatilgani kasallik tugadi degani emas

Siyosat 17.08.2020, 22:11
Karantin talablari yumshatilgani kasallik tugadi degani emas

Prezident Shavkat Mirziyoev xorijda mehnat qilayotgan O`zbekiston fuqarolariga munosib shart-sharoitlar yaratish va ular bilan tizimli ishlash chora-tadbirlari yuzasidan yig`ilish o`tkazdi.

Tadbir avvalida bugun mamlakatimizda pandemiya bilan bog`liq vaziyat tahlil qilindi.

Jumladan, iyul va avgust oylarida koronavirusga qarshi kurash bo`yicha ishlar keskin kuchaytirilgani natijasida unga chalinganlarga nisbatan sog`ayganlar soni ancha ortgani qayd etildi. Xususan, oxirgi 5 kunda tuzalib chiqqanlar ulushi 77 foizdan 87 foizga oshdi. Davolanayotganlar soni 7 ming nafardan 4 mingtaga tushdi.

Buning ortida, albatta, shifokorlarimizning mashaqqatli mehnati yotibdi.

– Takror va takror aytaman: har bir fuqaroning sog`lig`i va hayoti biz uchun muhim. Biz xalqimizni koronavirus balosidan asrab qolish uchun barcha kuch-imkoniyatlarni ishga solayapmiz, jahondagi eng ilg`or davolash tajribalarini olib kelayapmiz, – dedi davlatimiz rahbari.

Yaqin kunlarda Rossiyadan qirqqa yaqin, Xitoydan o`n nafar yuqori malakali mutaxassislar etib kelgani, ularni hududlarga taqsimlab, joylarda bemorlarni eng samarali usullar bilan davolash va mahalliy shifokorlarni ham o`rgatish ishlari tashkil qilinishi ta`kidlandi.

Xalqimiz ortiqcha qiynalmasligi uchun, fuqarolarimizning murojaatlaridan kelib chiqib karantin talablari yumshatilgani, lekin endi aholi jamoat joylarida ko`proq bo`lishi sababli COVID-19 tarqalishi xavfi sezilarli darajada oshishi ham eslatib o`tildi.

Shu bois, odamlarga yanada mas`uliyatli bo`lib, o`zlarini va yaqinlarini virusdan himoya qilish bo`yicha talablarga qat`iy amal qilishlari kerakligini tushuntirish, amaliy yordam berish va nazorat qilish lozimligi aytildi.

– “Temir intizom” hammamiz uchun eng birinchi masala bo`lib qolishi kerak. Korxonalar, tashkilotlar, qishloq xo`jaligi sohasi va qurilish maydonlari, transport va jamoat joylarida ham ushbu talablarga qat`iy amal qilish zarur, – deya ta`kidladi Prezident.

Barcha darajadagi hokimlar, sektorlar, sog`liqni saqlash, mahalla, ichki ishlar va boshqa tizimlar rahbarlari tegishli hududlar va sohalarda koronavirus bilan bog`liq vaziyatga shaxsan mas`ul va javobgar bo`lishlari belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1