AsosiySport

«Barselona» afsonasi Xavi Toshkentga keladi?!

Ayni damda Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes Qatarning "As-Sadd" jamoasi to`p surmoqda. 

Bugun Kuala-Lumpur shahrida OChL-2016 musobaqasi uchun qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi. Qur`a tashlash marosimi shuni ko`rsatdiki, Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga "S" guruhida "As-Sadd" klubi raqib bo`lishi mumkin.

Anqirog`i, qatarliklar BAAning "Al-Jazira" klubini engib o`tishsa, to`rtinchi jamoasi sifatida final bosqichdan o`rin egallashadi.
Agar shunday bo`lib chiqsa, mashhur Xavi Toshkentga yana bir marta keladi. Uning o`yinlaridan "Paxtakor" stadionida bahramand bo`lishimiz mumkin, deya xabar beradi www.uff.uz nashri.

 

    Boshqa yangiliklar