AsosiyIqtisodiyot

Iqtisodchilar bahsi: kim haq?

'Iqtisodchilar bahsi: kim haq?'ning rasmi

Internetda iqtisodchi Yuliy Yusupovning “Hukumatni qanday qilib samarador qilish kerak” degan yangi maqolasiga Iqtisod fanlari doktori, ISMI bosh ilmiy xodimi Dmitriy Trostyanskiy quyidagicha munosabat bildirdi:

"Maqolada muallif davlatning burchlari deb o`zi bilgan omillarni ochib berishga harakat qilgan. Davlat qonun doirasida harakat qiladi, aholi manfaatlarini ko`zlab ishlaydi, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratadi, bozorlarda o`yin qoidalarining samarali bo`lishini ta`minlaydi, ta`lim va sog`liqni saqlash tizimining samarali faoliyatini tashkil qiladi, shuningdek ba`zi bozor kamchiliklarini tuzatadi.

Shu bilan birga, O`zbekiston rivojlanayotgan mamlakat ekanligini unutmaslik kerak. Rivojlanayotgan va rivojlangan davlatlar o`rtasidagi farq shundan iboratki, iqtisodiyot va biznes rivojlanayotgan davlatlarda rivojlangan davlatlardagi kabi raqobatbardosh emas va shuning uchun ularni yo`naltiruvchi davlat siyosatisiz rivojlantirish deyarli imkonsiz.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda, odatda, iqtisodiy maqsadlar rivojlanganlarga qaraganda kengroqdir. Bularga iqtisodiy barqarorlikni ta`minlash, mamlakatning rivojlanish maqsadlariga erishish va vazifalarini ado etish; iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish, iqtisodiy faoliyatni rag`batlantirish, asosiy tarmoqlarni rivojlantirish va infratuzilmani taraqqiy topdirish; ijtimoiy adolatni ta`minlash, jamiyatning zaif qatlamlari manfaatlarini himoya qilish, sog`liqni saqlash, ta`lim, uy-joy, jamoat transportini qo`llab-quvvatlash kabilardan iborat.

Davlat kuchli va har bir ishga qodir bo`lishi kerak, bunda muallif haqdir. Ammo buning uchun mamlakatning rivojlanishiga to`sqinlik qiladigan muammolarni hal qilish uchun funksional tayyor bo`lishi lozim. Buning uchun zarur vakolatlarga ega bo`lishi talab etiladi. Respublikada iqtisodiyotni, biznesni va aholini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash yo`nalishlari tizimi hozirgi rivojlanish bosqichidagi vazifalarga mos keladi.

Davlat dasturlari doirasida tashkil etilgan korxonalar to`g`risida gapirganda, muallif “ular cheklangan raqobat, ulkan imtiyozlar va/yoki davlatning in`eksiyalari bilan mavjud bo`lishi va faoliyatini davom ettirishi mumkin” deb ta`kidlaydi. Aslida, shunday ham bo`lishi mumkin, ammo biznes-rejalardagi xatolar, shuningdek, ilgari qilingan hisob-kitoblarni buzish, jahon bozorida yuzaga kelgan o`zgarishlar ham istisno qilinmaydi. 

Investisiyalar foydalanishga topshirilgan birinchi kundan boshlab, kutilgan natijalarga javob bermaydigan holatlar mavjud deyilgan fikrga qo`shilish mumkin. Ammo bunday holatlar juda kamdan-kam uchraydi va ular tabiiyki loyihaviy quvvatiga etguncha va oxir-oqibat qiymat zanjiriga qo`shilgunga qadar davlat tomonidan ko`pincha qo`llab-quvvatlanadi. 

Muallifning “bizning davlat boshqaruv tizimimiz sovet davridan beri deyarli isloh qilinmagan” degan postulasi, ayniqsa, o`tish davrining boshidanoq iqtisodiy tahlillarda ishtirok etgan kishi tomonidan aytilgan gaplarni chalkashtirib yuboradi. 

Aynan mana shu davr talablaridan kelib chiqqan holda davlat boshqaruvi tizimida islohotlarning yangi bosqichini boshlashga turtki beradigan zarurat paydo bo`ldi. 2017 yildan boshlab iqtisodiyotni va ijtimoiy hayotni erkinlashtirish tomon davlat siyosatining deyarli barcha yo`nalishlarini isloh qilish bo`yicha tub chora-tadbirlar ko`rildi. O`zbekiston Respublikasida ma`muriy islohotlar konsepsiyasi qabul qilindi.

Shu nuqtai nazardan, davlat xizmatlarini ko`rsatish markazlarini yaratish amaliyotlarini ko`rib chiqish mumkin. Fuqarolarning o`zlari, bunday markazlarning faoliyati ularga qanchalik yordam berganini, vaqt, asab va kuchni sarf qilmasdan kerakli hujjatlar va materiallarni olish osonlashdimi-yo`qmi, halollik bilan baholaydilar. Ammo bu erda ikki tomon, xalq va davlat o`zaro munosabatda bo`lgan fuqarolarga nisbatan davlatning aksincha emas, balki davlat xalqqa xizmat qilishi kerakligi tamoyiliga asoslangan haqiqiy o`zgarish seziladi.

Boshqa tomondan, so`nggi yillarda davlat dasturlari va konseptual hujjatlarni ishlab chiqishdagi real o`zgarishlarni payqash qiyin emas. Ushbu hujjatlarning loyihalari regulation.gov.uz portalida ochiq kirish uchun taqdim etiladi va keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilinadi, bu esa ularning ishlab chiqarish sifatini oshirishga yordam beradi. Biroq, muallifning o`zi bu ishda faol ishtirok etgan bo`lib, u valyuta siyosatining liberallashtirilishini olqishlamoqda, yangi Soliq kodeksida kiritilgan yangi soliq siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish va ilgari surishda ishtirok etganini aytadi.

So`nggi paytlarda mamlakatda juda ko`p ishlar qilindi, ammo ularni global o`zgarishlar deb bo`lmaydi, ammo aholi uchun ularning ahamiyati katta. Shunday qilib, ro`yxatdan o`tish bilan bog`liq muammolar bartaraf etilishi munosabati bilan, bugungi kunda toshkentlik tadbirkor Andijon va Buxorodagi hamkasblari bilan osonlikcha Toshkentda o`z biznesini ochishi mumkin. Shuningdek, bolalar mehnati yo`q qilinishi munosabati bilan bolalar o`zlarining o`qishlariga e`tibor qaratishlari mumkin. Bu, albatta, ularning kelajagiga ijobiy ta`sir qiladi.

Muallif amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor bo`lganligi sababli, undan o`zining mahalliy tajribasi, amalga oshirilayotgan islohotlarda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar va bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish bo`yicha konstruktiv takliflarni kutish mumkin. Ammo davlat boshqaruv tizimida barcha amaldorlarni almashtirishni taklif qilish to`g`ri emas. Bu fikrni utopiya deyish mumkin.

Pandemiya munosabati bilan hukumatning ustuvor vazifalari hayotni saqlab qolish, oziq-ovqat va zarur dori-darmonlar bilan ta`minlash, karantin cheklovlari sharoitida barcha tarmoqlarning ishini yo`lga qo`yish, aholining eng zaif qatlamlariga ijtimoiy yordam ko`rsatishdan iborat edi.

Umuman olganda, maqolada iqtisodiy boshqaruv shakllari va usullariga oid hech qanday oqilona takliflar berilmagan. Maqolaning oxirida muallifning asosiy argumenti keltirilgan. U hukumat tuzilmasida rejalarning barchasi aniq emasligi va shu jihatdan tub o`zgarishlarni amalga oshirish zarurligini ta`kidlaydi.

Tahlillar shuni ko`rsatdiki, loyiha hududida qishloq xo`jaligi ekinlari, xususan, dehqon xo`jaliklarida mevalar 312 foizga, fermer xo`jaliklarida 283 foizga, uzum hosili 125 foizga oshdi. Loyiha hududidagi aholi punktini suv bosishi ham 80% ga, 64,7 dan 13,1% ga kamaydi. 583 ming kishi loyihadan to`g`ridan-to`g`ri foyda oluvchilar bo`lib, ularning 49 foizini ayollar tashkil etadi

Iqtisodiy siyosatning samaradorligi yoki samarasizligi haqida gapirganda, ko`proq ob`ektiv mezonlar va signallarga tayanish yaxshiroqdir. Muallif oddiy faktlarni inobatga olmaydi: Jahon bankining “Doing Business” hisobotida, O`zbekiston 4 yil ichida 18 pog`onaga ko`tarilib, 2020 yilda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashda eng yuqori ko`rsatkichni ko`rsatgan 20 mamlakat qatoriga kirdi. The Economist jurnali e`tirofiga e`tibor bermaydi. Jurnal O`zbekistonni 2019 yilda Yil mamlakati deb e`lon qildi. Xuddi shu yili Transparency International.ningkorrupsiyani idrok etish reytingida O`zbekiston darhol 5 pog`onaga ko`tarildi va 2017 yilda EBRR O`zbekistondagi faoliyatini qayta boshladi.

So`z erkinligi yangi O`zbekistonning ajralmas qismidir. Ko`p muammolar mavjudligini inkor etish yordam bermaydi va bir tomonlama maqtash yoki tanqid qilish ham vaziyatni og`irlashtiradi hamda islohotlarni sekinlashtiradi. Bizning vazifamiz - tashxis qo`yish va aniq echimlarni topish, bu degani demografik yoki utopik emas".

    Boshqa yangiliklar