Yangi yil arafasida barcha sohalar o`z natijalarini sarhisob qiladi. Forbes jurnali moliyaviy tomondan eng boy shou-biznes vakillari nomini ma`lum qildi.
Bu yil mazkur ro`yhatga Keti Perri boshchilik qildi. Keti joriy yilda 135 million dollar ishladi. Perriga bu sohada faol konsert faoliyati, H&M, Claire`s, Covergirl va Coty brendlari bilan tuzgan reklama shartnomalari yordam berdi.
Top-10 ichiga kantri-qo`shiqchi Gart Bruks (90 million dollar), Teylor Svift (80 million) va uning do`sti Kelvin Xarris (66 million), Jastin Timberleyk (63,5 million), reper P.Diddy (60 million), va Ledi Gaga (59 million)lar kirdi.





