FIFAning O`FAga yuborgan rasmiy xatiga muvofiq, joriy yilning sentyabr oyida o`tkazilishi rejalashtirilgan FIFA kunari 2022 yilning yanvar oyiga qoldirildi.
Joriy yilning 7-sentyabr kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan O`zbekiston–Eron o`rtoqlik uchrashuvi 7 oktyabr sanasiga ko`chirildi. Shunday bo`lsada, terma jamoamizning sentyabr oyidagi o`quv-mashg`ulot yig`ini o`z vaqtida o`tkaziladi.
Ma`lumot o`rnida ta`kidlash lozim O`zbekiston va Tojikiston futbol federasiyalari kelishuviga binoan, joriy yilning 3 sentyabr kuni poytaxtimizda o`rtoqlik uchrashuvi bo`lib o`tadi.






