AsosiyDunyo

“Islom davlati”ning daromadi hisoblab chiqildi

AQSh moliya vazirligi tomonidan “Islom davlati” terrorchilik tashkiloti sarmoyasi hisoblab chiqildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

AQSh g`aznasi bosh mutaxasisi Adam Shubinning so`zlariga ko`ra, terrorchilik tashkilotining mablag`i bir yarim milliard dollarga teng.

“Ular Iroq va Suriyada qo`lga olingan seyflardagi yarim milliard dollardan bir milliard dollargacha bo`lgan mablag`ga egalik qiladi, qolgan 500 million dollar pul qora bozorga neft sotish evaziga orttirilgan”, —dedi Shubin.

U shuningdek, terrorchilarning odamlarni qo`rqitish va qiynoqqa solish orqali ham pul ishlaganini aytib o`tdi.

 

    Boshqa yangiliklar