AsosiySport

Toshkentda zamonaviy o`q otish o`quv-mashg`ulotlar bazasi ochildi

'Toshkentda zamonaviy o`q otish o`quv-mashg`ulotlar bazasi ochildi'ning rasmi

Poytaxtimizdagi Mudofaa vazirligi sport majmuasiga qarashli o`q otish sporti o`quv-mashg`ulotlar bazasining tantanali ochilishida Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o`rinbosari Ravshan Ermatov, Mudofaa vazirligi sport markazining nomdor sportchilari, O`zbekiston o`q otish sporti federasiyasi vakillari hamda sport faxriylari ishtirok etdi.

Bu haqda Vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Mamlakatimizda o`q otish sporti bilan hozir kunda 3 700 nafarga yaqin o`g`il-qiz muntazam shug`ullanib kelmoqda, shundan 800 nafarga yaqini xotin-qizlardir. Ularga 136 nafar trener o`q otish sporti sir-asrorlarini o`rgatib kelayotgan bo`lsa, yurtimizda mavjud TIRlar, ya`ni o`q otish majmualari 122 tani tashkil qiladi.

    Boshqa yangiliklar