AsosiyJamiyat

Avtomobil yo`liga mashina oynasidan meva po`stlog`ini tashlagan ayolning ushbu ishi qoralandi

Toshkentda avtomobil yo`lida ketayotgan ayol mashina oynasidan mandarin po`stloqlarini tashlab yubordi. Bu haqda “Uz24.uz”  “Voditeli Tashkenta” guruhi ma`lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.

Xabarda yozilishicha, meva po`stloqlarini yo`lga tashlagan ayol qora rangli “Lasetti”da yo`lovchi sifatida ketayotgan bo`lgan. “Samarqand Darvoza” supermarketining yonida bo`lgan voqea. Bir kilogramm axlatni ko`zni yummasdan oynadan tashlab yuborilishini birinchi ko`rishim”, - deydi muallif.

Xabarga ko`plab foydalanuvchilar izoh qoldirishdi. Kimdir bu kabi xabarni internet tarmog`iga joylagandan ko`ra, voqea paytidayoq o`sha ayolga tanbeh berish kerakligini aytsa, yana kimdir, aksincha, bunday xabarlar ibrat bo`lishga xizmat qilishini yozgan.

Izoh qoldirgan foydalanuvchilar haqiqatdan ham haydovchilarning yoki yo`lovchilarning yo`llarda mashina oynasidan turli axlat va elim idishlarni tashlab yuborishgan holatlarga guvoh bo`lishganini ta`kidlashgan.

Foydalanuvchilardan biri Obodonlashtirish boshqarmasi ishchilarining mehnatini qadrlashga chaqirgan bo`lsa, boshqasi ko`chada shunga o`xshash holatlar ro`y berganda, uni videoregistratorlarga yozib olib, sudga berish mumkinligini va Ma`muriy javobgarlik kodeksi buyicha jarima solinishini eslatib o`tgan (123-modda. Transport vositalaridan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish; Poezdlarning vagonlari, avtomobil va shahar elektr transportidan axlat yoki boshqa narsalarni tashlab yuborish — eng kam ish haqining o`ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi).

Aksariyat foydalanuvchilar ayolning ushbu ishini qoralashdi. Ulardan biri esa “mandarin po`stlog`ini elim xaltaga yig`ib, uyga olib kelib, go`shtqiymalagichdan o`tkazib, shirinlik tayyorlasa bo`lardi”, deya kinoya ham qilgan.

    Boshqa yangiliklar