1

Prezident Shavkat Mirziyoev bir guruh chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotladi

Siyosat 28.08.2020, 21:14
Prezident Shavkat Mirziyoev bir guruh chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotladi

O`zbekiston Respublikasi va Rossiya Federasiyasi o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi ko`p yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-ta`lim almashuvlar bo`yicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qo`llab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki uchun mukofotlansin:

«Do`stlik» ordeni bilan

Torkunov Anatoliy Vasilevich    -    Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori (Rossiya Federasiyasi)

O`zbekiston va Yaponiya o`rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari rivojiga va ko`pqirrali hamkorlikni kengaytirishga qo`shgan katta hissasi, O`zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirishga qaratilgan muhim tashabbus va amaliy sa`y-harakatlari, Yaponiyaning etakchi kompaniya va tashkilotlari ishtirokida mamlakatimizdagi ustuvor ijtimoiy, infratuzilma va sarmoyaviy loyihalarni, qo`shma madaniy-gumanitar dasturlarni ro`yobga chiqarishga ko`rsatayotgan ulkan ko`magi uchun mukofotlansin:

«Do`stlik» ordeni bilan 

Taro Aso     -    Yaponiya Bosh vaziri o`rinbosari, moliya vaziri, Yaponiya parlamentidagi O`zbekiston bilan Do`stlik ligasi raisi (Yaponiya)

O`zbekiston Respublikasi bilan har tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalarni ro`yobga chiqarishdagi amaliy ko`magi, xalqlar o`rtasidagi o`zaro bir-birini anglash va qo`llab-quvvatlash tamoyillarini mustahkamlash, do`stlik va madaniy hamkorlik aloqalarini kengaytirish ishlariga qo`shgan munosib hissasi uchun mukofotlansin:

«Do`stlik» ordeni bilan 

Ahmad Rajab Muhammad Ali Rizq    -    Qohira universitetining arxeologiya fakulteti professori (Misr Arab Respublikasi)

Mavlanov Shuxrat Qurvantaevich    -    «Rosagrokompleks» mas`uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori (Rossiya Federasiyasi)

Mark Edvard Riz    -    Sharqshunos olim, o`zbek adabiyoti tarjimoni (AQSh)

Maxmudova Kamola Abdumalikovna    -    Evropa tiklanish va taraqqiyot banki katta bankiri

Muhammadzoda Huseyn Siddiq    -    Navoiyshunos olim va adib (Eron Islom Respublikasi)

Prakash Kejrival    -    «Indorama Corporation Pte. Ltd» kompaniyasi direktori (Singapur Respublikasi)

Elis Uells    -    «Exxon Mobil» kompaniyasining xalqaro hamkorlik bo`yicha katta maslahatchisi (AQSh)

O`zbekiston Respublikasida ilg`or xorijiy tajriba, ilm-fan va texnologiyalar asosida zamonaviy sog`liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo`yicha faol sa`y-harakatlari, koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashni tashkil etishda ko`rsatgan amaliy yordami uchun mukofotlansin:

I darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Lin Syuejun    -    Toshkent shahridagi «O`zbek-Xitoy an`anaviy tibbiyot markazi» boshqaruvi raisi, «Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co., Ltd» prezidenti (Xitoy Xalq Respublikasi)


Filiz Erdog`an Marashlioglu    -    «Kanimed Saglik Cozumleri LTD» kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi (Turkiya Respublikasi)

Soy Chje Uk    -    Koreya universitetining profilaktik tibbiyot kafedrasi professori, Koreya tibbiyot assosiasiyasi huzuridagi «COVID-19» koronavirusiga qarshi choralar ko`rish bo`yicha Shtab maslahatchisi (Koreya Respublikasi)

O`zbekiston Respublikasining barqaror taraqqiyotini ta`minlashga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surish va ularni amalga oshirish, ustuvor iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni qo`llab-quvvatlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzini oshirish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan do`stlik va o`zaro hamkorlikni mustahkamlashga qo`shgan hissasi uchun mukofotlansin:

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Asadullaev Husnulla Shuxratilla o`g`li    -    O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakili

Babajanov Bunyodbek Ulug`bek o`g`li    -    O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining Rossiya Federasiyasidagi vakili

«Shuhrat» medali bilan

Arislanov Saidaxmad Saidaxrorovich    -    AQShdagi «ASO Systems» kompaniyasi rahbari

Bediev Kamoliddin Asomiddinovich    -    Berlin shahridagi Xerrman-Shuls nomidagi maktabning nemis tili fani o`qituvchisi, O`zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining Germaniya Federativ Respublikasidagi vakili

Zufarov Sherzod Sabirovich    -    Fransiyaning «Société Générale» banki  xususiy sektorga sarmoya kiritish fondi vise-prezidenti

Ibragimov Bunyodbek Abdusharipovich    -    O`zbekiston va Nagoya do`stlik jamiyati muassisi va direktori

Ismailov Baxrom Baxtiyorovich    -    Moskva shahridagi «Saxovat» xayriya fondi direktori (Rossiya Federasiyasi)

O`zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan davlat mukofotlari tantanali vaziyatda topshirilishini hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta`minlasin. 

Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

                               O`zbekiston Respublikasi Prezidenti  Sh.Mirziyoev

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1