AsosiyMADANIYAT

“O`zbekkino”da “Yosh kinematograflar festivali” bo`lib o`tdi (+foto)

29 avgust kuni “O`zbekkino” Milliy agentligi binosida Agentlik, O`zbekiston Respublikasi Y...

'“O`zbekkino”da “Yosh kinematograflar festivali” bo`lib o`tdi (+foto)'ning rasmi

29 avgust kuni “O`zbekkino” Milliy agentligi binosida Agentlik, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda “Mening yurtim” telekanali bilan hamkorlikda “CinemaDays-2020” kino kunlari doirasida “Yosh kinematograflar festivali” bo`lib o`tdi.  Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar qildi. 

Festivalda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Behzod Musaev, O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa`dullaev, “O`zbekkino” Milliy agentligi direktori Firdavs Abduxoliqovlar so`zga chiqib, barcha yosh kinoijodkorlarni tabriklashdi.   

Tadbir doirasida “O`zbekkino” Milliy agentligi bu yil birinchi bora tashkil etilayotgan “Debyut” yosh kinoijodkorlarning ssenariylar tanlovi g`oliblari hamda Yaponiyaning “DigiCon6 ASIA” kinofestivalida ishtirok etishga muvaffaq bo`lgan yoshlarni taqdirladi.

Shuningdek, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ga qabul qilingan 7 nafar o`zbekistonlik talabalarga diplom va esdalik sovg`alari topshirildi. 

    Boshqa yangiliklar