AsosiySport

Ramzan Qodirovning bir yo`la to`rt o`g`li ringga chiqmoqda

'Ramzan Qodirovning bir yo`la to`rt o`g`li ringga chiqmoqda'ning rasmi

3 sentyabr kuni Checheniston Respublikasi poytaxti Grozniy shahridagi Sport Xoll “Kollizey” arenasida professional boks kechasi bo`lib o`tadi.

 “Axmat” klubi tomonidan tashkil etilayotgan ushbu boks oqshomi doirasida Checheniston prezidenti Ramzan Qodirovning bir yo`la to`rt nafar farzandi ringga ko`tarilishi ma`lum qilindi. Yosh Qodirovlarning jangi ko`rgazmali xarakterda bo`lib, havaskor boks qoidalarida asosida tashkil etiladi. 

“3 sentyabr kuni Grozniy shahridagi Sport Xoll “Kollizey” arenasida professional boks bo`yicha “Vremya Legend” turniri o`tkaziladi. Boks kechasi Rossiya Qahramoni, Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti Axmat Qodirov xotirasiga bag`ishlab tashkil etiladi. Oqshom doirasida jiyanlarim Ahmad, Ali, Adam va Abubakar Qodirovlar ham ringga ko`tariladi. Ularning janglari havaskor boks qoidalari asosida bo`ladi”, – deya Instagram sahifasida xabar qoldirgan “Axmat” klubi prezidenti Abuzayd Vismuradov. 

    Boshqa yangiliklar