AsosiySport

Sardor Rashidov "Qatar" tarkibida qoladi

'Sardor Rashidov "Qatar" tarkibida qoladi'ning rasmi

O`tgan oyda Qatar yulduzlar ligasida mavsum nihoyasiga etdi va hamyurtimiz Sardor Rashidov to`p surayotgan “Qatar SK” musobaqani 8-o`rinda yakunladi. 

Sardor o`tgan mavsumda jamoasi tarkibida 21 o`yinda qatnashdi va 5 marta raqib darvozasini ishg`ol qildi.

Mavsum yakunlangach S.Rashidovning klubi bilan tuzgan shartnomasi ham o`z yakuniga etgan edi. 

So`nggi xabarlarga qaraganda, S.Rashidov qatarliklar bilan shartnomasini uzaytirgan. 

Biroq jamoa va futbolchimiz o`rtasidagi yangi shartnoma bandlari ma`lum qilinmagan. Bu haqda Sports.uz yozmoqda.

Eslatib o`tamiz, Qatar yulduzlar ligasida yangi mavsum 3 sentyabr kuni boshlanadi.

    Boshqa yangiliklar