Madridning “Real” jamoasi futbolchilari Yangi yil oldidan kechki ziyofat tashkil qilishdi.
Biroq bu ziyofatga bosh murabbiy Rafa Benitesni taklif qilishmadi.
Xabarlarga ko`ra, futbolchilar va murabbiylar o`rtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ziyofat davomida futbolchilar keyingi o`yinlarni yaxshi o`tkazish va klubda yuzaga kelgan kichik muammolarni bartaraf qilish yo`llarini qidirishdi.





