AsosiyJamiyat

Koronavirus yuqtirib olgan bolalarda «Kavasaki sindromi» alomatlari paydo bo`layotgani holatlariga aniqlik kiritildi

'Koronavirus yuqtirib olgan bolalarda «Kavasaki  sindromi» alomatlari paydo bo`layotgani holatlariga aniqlik kiritildi'ning rasmi

  SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaevaning ma`lum qilishicha, “Kavasaki sindromi” genetik kasallik bo`lib, u asosan 4-5 yoshgacha bo`lgan bolalarda uchraydi.  

Bu — juda ham kam uchraydigan katta va mayda qon tomirlar o`zgarishi, bola organizmining tizimli o`zgarishi bilan kechadigan kasallik.  

Bugungi kunda rivojlangan davlatlarda, Rossiya Federasiyasi va qo`shni Qozog`iston davlatida ham bu sindromga o`xshash holatlar bolalarda kuzatilayotgani haqida ma`lumotlar bor.

Bizning davlatimizda bu kasallik uchramadi deyishimiz qiyin, balki bolalarda kechgan o`rta og`ir turlarida bu kasallik belgilari o`xshash holatlar kuzatilgan bo`lish ehtimoli bor.  

Bizda bu sindrom uchradi deyishimiz uchun kasallik tasdiqlanishi kerak. Bugungi kunda bu sindromga o`xshash holatlar aniq o`z tasdig`ini topmadi.  Biroq bu bizda kuzatilmaydi ham degani emas,  Kavasaki sindromiga o`xshash kasalliklar bolalarda kuzatilishi va ko`payishi ham mumkin.  

Bu sindromga o`xshash kasallik kelib chiqishida koronavirus ta`sirida bola organizmida kechadigan kuchli yallig`lanish uning immun tizimini kuchayishi, qon-tomirlar o`tkazuvchanligini buzilishini keltirib chiqaradi.

Bolaning tana harorati 5 kun va undan ortiq 38 darajadan yuqori bo`ladi, shuningdek, tanasida turli toshmalar toshishi kuzatiladi, qo`llar kafti va tovonlar terisi ko`chishi kuzatilishi mumkin.  Bola organizmida kechayotgan jarayonni og`ir yoki engilligiga qarab bu belgilar kuzatiladi.  

Ota-onalar bolalarda shamollash alomatlarini paydo bo`lishi bilan poliklinikalardagi oilaviy shifokor yoki pediatrga murojaat etishi lozim.

Bu sindrom yurak miokardiga bo`lgan ta`siri sabab miokardit kasalligini keltirib chiqaradi, ba`zi hollarda bola organizmidagi kuchli immun reaksiya uning o`limi sababchisi bo`lib qolishi ham mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar