Qashqadaryodan saylangan senatorlar “O`zbekko`mir” AJga muammolar yuzasidan so`rov yubordi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qilmoqda.
Shikoyatlar ortidan senatorlar va tegishli mutaxassislardan iborat 14 nafar vakil tomonidan “Qashqadaryo ko`mir etkazuvchi” filiali va ko`mir omborlarida o`rganishlar olib borildi. O`rganishlar yakunida “O`zbekko`mir” AJga senatorlik so`rovi yuborildi.
Qayd etilishicha, “O`zbekko`mir” AJ o`z monopol mavqecidan foydalangan holda etkazib berilayotgan ko`mir sifatiga o`ziga xos standartlar o`rnatib olgan. Viloyatning ko`mir omborlariga keltirilayotgan BR-2 markadagi qattiq yoqilg`ining 50 foizi ko`mir kukunidan iborat.
Haddan tashqari namlik natijasida tashish, yuklash, tushirish, etkazib beruvchidan oxirgi iste`molchiga qadar kamida ko`mirning sifati uch barobarga pastlamoqda.
Boz ustiga, ko`mirning narxi ham qimmat. Bir tonna ko`mir briketi 412,5 so`m bo`lsa, BR-2 markasi 300,3 so`mdan sotilmoqda.
Senatorlar “O`zbekko`mir” AJ tomonidan aholi va ijtimoiy soha muassasalariga sifatli ko`mir mahsulotlarini etkazib berilishi yuzasidan yuborilgan so`rovga javob kutmoqda.
Ma`lumot uchun, viloyatda 649 895 ta qattiq yoqilg`i iste`molchilari bo`lib, shundan 629 189 tasi aholi, 23 706 ta byudjet tashkilotlaridir. Ayni vaqtgacha Angren ko`mir konidan 8 003 tonna ko`mir mahsulotlari 2623 tonna BR-2 markali va 5380 tonna BOMSSh (briket ishlab chiqarish uchun xom ashyo) keltirilgan.






