AsosiySport

O`zbekistonlik mashhur oshpaz Bahriddin Chustiy koronavirusga uchrab, jonlantirish bo`limiga tushib qoldi

'O`zbekistonlik mashhur oshpaz Bahriddin Chustiy koronavirusga uchrab, jonlantirish bo`limiga tushib qoldi'ning rasmi

O`zbekistonlik bosh oshpazlardan biri va bloger Bahriddin Chustiy ahvoli og`irlashgani sabab jonlantirish bo`limiga tushib qoldi. Bu haqda bloger Aziza Umarova o`zining Facebook’dagi sahifasida ma`lum qildi.

Umarovaning yozishicha, Chustiyni saturasiyasi 70 bo`lgan atkasalxonadan chiqarib yubormoqchi bo`lishgan. Biroq uning yaqinlari bunga qarshi bo`lib, janjal ko`tarishgan. Ayni vaqtda u yuqumli kasalliklar shifoxonasining intensiv terapiya bo`limida davolanmoqda.

«Ertalab Bahriddinning rafiqasi Farangiz bilan gaplashdim. Uni reanimasiyaga olishganini aytdi. Kislorodsiz saturasiyasi 47 ga tushib ketibdi, kasalxona kislorodi bilan 89 ekan. Tana harorati 38,5 daraja», — deb yozadi Umarova.

Eslatib o`tamiz, Bahriddin Chustiy 2017 yilda «O`zbegim milliy an`analari» festivali doirasida rekord darajada tayyorlangan milliy palov muallifi hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar