1

Shavkat Mirziyoev Mustaqilligi kuni munosabati bilan qutlovlar uchun xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirdi

Siyosat 09.09.2020, 08:11
Shavkat Mirziyoev Mustaqilligi kuni munosabati bilan qutlovlar uchun xorijiy hamkorlarga minnatdorlik bildirdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblariga mamlakatimiz mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan qutlovlar yo`llagani uchun ko`p millatli xalqimiz nomidan samimiy minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati ma`lum qilmoqda.

Davlatimiz rahbari O`zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga berilgan yuksak baho va xayrixohlik, ikki tomonlama do`stlik va ko`p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratayotgan e`tibori, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishi oqibatlarini engib o`tishdagi samarali sheriklik uchun xorijiy hamkorlarga tashakkur aytdi.

Mamlakatimiz xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan uzoq muddatli aloqalarni kengaytirish, savdo, iqtisodiyot, investisiyalar, innovasiyalar, transport, turizm, fan, tibbiyot, ta`lim, madaniyat va boshqa ustuvor yo`nalishlarda qo`shma loyiha va dasturlarni ilgari surish, ko`p tomonlama tuzilmalar doirasida global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan konstruktiv muloqotni davom ettirish uchun ochiq va tayyor ekani qayd etildi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilda yuzdan ziyod xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari O`zbekiston Respublikasining Mustaqilligi kuni munosabati bilan o`z qutlovlarini yo`llagan, shu jumladan:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish;

Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin;

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;

Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp;

Qozog`iston Respublikasi Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboev;

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev;

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov;

Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti Ashraf G`ani;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev;

Armaniston Respublikasi Prezidenti Armen Sarkisyan;

Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyan;

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;

Gruziya Prezidenti Salome Zurabishvili;

Moldova Respublikasi Prezidenti Igor Dodon;

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an;

Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In;

Yaponiya Imperatori Naruxito;

Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind;

Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;

Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron;

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarella;

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qirolichasi Elizaveta II;

Belgiyaliklar Qiroli Filipp;

Ispaniya Qiroli Felipe VI;

Niderlandiya Qiroli Villem-Aleksandr;

Shvesiya Qiroli Karl XVI Gustaf;

Avstriya Respublikasi Prezidenti Aleksandr van der Bellen;

Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev;

Vengriya Prezidenti Yanosh Ader;

Gresiya Respublikasi Prezidenti Katerina Sakellaropulu;

Latviya Respublikasi Prezidenti Egils Levits;

Polsha Respublikasi Prezidenti Anjey Duda;

Ruminiya Prezidenti Klaus Verner Yoxannis;

Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich;

Slovakiya Respublikasi Prezidenti Zuzana Chaputova;

Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Sauli Niynistyo;

Chexiya Respublikasi Prezidenti Milosh Zeman;

Shveysariya Konfederasiyasi Prezidenti Simonetta Sommaruga;

Estoniya Respublikasi Prezidenti Kersti Kalyulayd;

Rim-katolik cherkovi rahbari Fransisk;

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Bosh vaziri o`rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon Ol Saud;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Ol Nahayon;

BAA Qurolli kuchlari Oliy bosh qo`mondoni o`rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

BAA Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy;

Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alviy;

Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xon;

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun;

Bangladesh Xalq Respublikasi Prezidenti Abdul Hamid;

Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vaziri Shayx Hasina;

Shri-Lanka Demokratik Sosialistik Respublikasi Prezidenti Gotabaya Rajapaksa;

O`mon Sultoni Haysam bin Toriq;

Bahrayn Podshohi Hamad ibn Iso Al Xalifa;

Iordaniya Podshohi Abdalla II;

Quvayt Davlati valiahdi Navaf al-Ahmad  al-Jobir as-Saboh;

Isroil Davlati Prezideni Reuven Rivlin;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Avstraliya Ittifoqi General-gubernatori Devid Xyorli;

Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo;

Malayziya Podshohi Sulton Abdulloh Ri`yatuddin Al-Mustafo BILLOH;

Malayziya Bosh vaziri Tan Sri Muhyiddin Yassin;

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub;

Filippin Respublikasi Prezidenti Rodrigo Duterte;

Bruney Dorussalom Davlati Sultoni Hassanal Bolkiyax;

Laos Xalq-Demokratik Respublikasi Prezidenti Bunnyang Vorachit;

Myanma Ittifoqi Respublikasi Prezidenti Vin Min;

Nepal Federativ Demokratik Respublikasi Prezidenti Bidxya Devi Bxandari;

Maldiv Respublikasi Prezidenti Ibrohim Muhammad Solih;

Kuba Respublikasi Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes;

Nikaragua Respublikasi Prezidenti Xose Daniel Ortega Saavedra;

Yamayka Bosh vaziri Endryu Maykl Xolness;

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dun`yuy;

Jahon sayyohlik tashkiloti bosh kotibi Zurab Pololikashvili;

Jahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriya;

Islom hamkorligi tashkiloti bosh kotibi Yusuf al Usaymin;

Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha Islom tashkiloti bosh direktori Salim al-Malik;

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi bosh kotibi Bag`dat Amreev;

MDH Ijroiya qo`mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev;

Qishloq xo`jaligini rivojlantirish xalqaro jamg`armasi prezidenti Jilber Ungbo va boshqalar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1