AsosiyMadaniyat

Aktyor Turg`un Beknazarov 63 yoshida ota bo`ldi

'Aktyor Turg`un Beknazarov 63 yoshida ota bo`ldi'ning rasmi

O`zbekistonda xizmat ko`satgan artist Turg`un Beknazarov ota bo`ldi. Bu haqda “Omon-omon” dasturida aktyorning o`zi ma`lum qildi.  

Aktyor bugungi kunda 63 yoshda. Beknazarovning aytishicha, u ikkinchi marta ota bo`ldi. Bola uning ikkinchi turmushidan ekani aytilmoqda. Aktyorning bir nafar qizi bor edi.  “Mening rafiqam 57 yoshida vafot etdi. Oradan 1,5 yil o`tib qarindoshlarim meni ikkinchi marta uylantirib qo`yishdi. 63 yoshimda yana ota bo`ldim, o`g`il tug`ildi, ismini Saidakbar qo`ydik. Mening ikkinchi xotinim qizim bilan ishlaydi”, – deydi aktyor.  

Ma`lumot o`rnida, aktyor 1956 yil 1 may kuni Qashqadaryo viloyatida tavallud topgan. 1997 yilda u O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist unvoniga sazovor bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar