1

Tadqiqot: Odamlar gavjum bo`lgan joylarda past ovozda gapirish koronavirus tarqalishining oldini olishi mumkin

Dunyo 14.09.2020, 12:02
Tadqiqot: Odamlar gavjum bo`lgan joylarda past ovozda gapirish koronavirus tarqalishining oldini olishi mumkin

AQShlik tadqiqotchilarning aytishicha, koronavirusni yuqtirib olish xavfi yuqori bo`lgan binolar ichkarisida, masalan, restoran va kasalxonalarda odamlarning shovqin solmasdan past ovozda gaplashishlari virus tarqalishining oldini olishi mumkin. Olimlar ovoz darajasini pastlatish virus tarqalishini kamaytira olishi borasidagi ilmiy izlanishlardan keyin ushbu xulosaga keldilar, deb yozmoqda Tarjumon.

Bino ichkarisida virus tarqalishini to`xtatish uchun odamlarning ovoz darajasini 6 desibelgacha kamaytirishlari mazkur binoning ventilasiya tizimini ikki karra ko`paytirilganda erishiladigan natijani beradi. Bu haqda Kaliforniya universiteti olimlari 9 sentyabrda ma`lum qilishgan.

“Natijalar shuni ko`rsatmoqdaki, aholi sog`lig`ini saqlashga mas`ul shaxslar virus xavfi yuqori bo`lgan binolarning ichkarisida “tinch hududlar”ni tashkil qilish borasida o`ylab ko`rishlari kerak. Misol uchun, kasalxonalardagi kutish zallari va ovqatlanadigan joylarda bunday hududlarni tashkil qilish zarur” deb yozdi Kaliforniya universitetining olti nafar tadqiqotchisi.

Ushbu tadqiqotda aytilishicha, odamlar gapirganda paydo bo`ladigan juda kichik havo tomchilari virusni tashishga etarli darajadagi kattalikka egadir. Odam o`zining ovoz balandligini 35 desibelgacha balandlatishi, yoki bo`lmasam pichirlab gaplashishning o`rniga baqirishi havo tomchilarining paydo bo`lishini 50 martagacha oshirishi mumkin. Odatda, insonlar normal balandlikdagi ovoz bilan suhbat qurganlarida uning darajasi 10 desibeldan baland bo`ladi. Odam gavjum bo`lgan restoranlardagi ovoz esa 70 desibel atrofida bo`ladi.

“Koronavirusni havo tomchilari orqali yuqtirib olish xavfi bo`yicha barcha bino ichlari bir xil darajada emas. Gavjum bo`lgan, lekin, baland ovozda gapirilmaydigan sinfxona muhiti odamlar masofani saqlab baland ovozda gapiradigan va qo`shiq kuylaydigan karauki barlarlaridan xavfsizroqdir” deydi mazkur tadqiqot rahbari Vilyam Ristenpart.

Iyul oyida Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti koronavirusning havo tomchilari orqali yuqish ehtimoli borligini tan olgandi. Shundan keyin tashkilot restoranlar, fitnes klublar yoki xor bo`lib qo`shiq kuylanadigan joylarda virusdan qanday himoyalanish borasidagi tavsiyalarini o`zgartirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1