Belorusiya Prezidenti Aleksandr Lukashenko yangi prezident saylovlarini o`tkazish masalasi nihoyat hal qildi. Bu haqda u mamlakat siyosiy faollari bilan uchrashuvda aytib o`tdi, deb xabar beradi BelTA.
“Biz saylovlarni o`tkazdik, natija e`lon qilini. Balki jamiyatni bezovta qilishni bas qilarmiz? Keyingi prezident saylovlari Konstitusiyaga muvofiq o`tkaziladi. Biz bir to`xtamga kelgandan keyin qaror qabul qilamiz”, - dedi Lukashenko.
Lukashenko mamlakat siyosiy elitasi oldiga mamlakatning yangi Konstitusiyasi loyihasini ishlab chiqish bilan bog`liq yana bir savol qo`ydi. Prezident respublika rahbariyati endi davlat tuzumi qanday o`zgarishi to`g`risida umumiy fikrni shakllantirishi kerakligini ta`kidladi.






