1

O`zbekistonda qancha bola koronavirusga chalingani ma`lum qilindi

Jamiyat 18.09.2020, 11:26
O`zbekistonda qancha bola koronavirusga chalingani ma`lum qilindi

«O`zbekistonda shu paytga qadar 2,5 mingga yaqin bola koronavirus aniqlandi, bu haqda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi Barno Abdusamatova ma`lum qildi.

Mutaxassisning so`zlariga ko`ra,  koronaivrusga chalinish asosan, 7-18 yoshli bolalarda ko`proq kuzatiladi. Ushbu kasallik bolalarda klinik belgilarsiz kechadi. Biroq ular tashuvchi bo`lib qolishlari bilan xavflidir.

"Yurtimizda koronavirusga chalingan bolalarda uchraydigan Kovasaki sindromi bilan og`riganlar  ro`yxatga olingani yo`q. Ushbu kasallik haroratning ko`tarilishi, nafas siqishi, bo`g`imlarning shishishi, toshmalar toshishi bilan kechadi. Shuning uchun bolalarga nihoyatda e`tiborli bo`lish talab etiladi», — qo`shimcha qilgan Barno Abdusamatova.

 

Eslatib o`tamiz,  kecha O`zbekistonda bolalarda koronavirusdan rasman ilk o`lim holati qayd etildi. Bo`stonliqda 11 yoshli o`g`il bola ushbu xastalikdan vafot etdi.

Avvalroq, O`zbekistonda bir nafar bola “Kavasaki sindromi”ga gumon qilingani ma`lum qilingan edi. 

Mavzuga doir:

Koronavirus yuqtirib olgan bolalarda «Kavasaki sindromi» alomatlari paydo bo`layotgani holatlariga aniqlik kiritildi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1