1

Internetda iPhone 7 deya taxmin qilinayotgan smartfonning videosi tarqaldi (Video)

Hi-tech 23.12.2015, 15:47
Internetda iPhone 7 deya taxmin qilinayotgan smartfonning videosi tarqaldi (Video)

iPhone 7 ekanligi taxmin qilinayotgan smartfon aks ettirilgan videotasvirlar Xitoydagi QQ internet portalida tarqaldi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Kadrda apparatni ushlab turgan kishining qo`li ko`ringan. Unda qurilma korpusi yaxlit holda metaldan ishlanganini ko`rish mumkin. Apparatnigg ustki tomonida ortga qaytish tugmasi va displey atrofini o`rab turuvchi gardish o`rnatilmagan. Old kamera esa smartfonning chap tepa qismida emas, markazida joylashgan.

Qator xorijiy OAVlari videotasvirning haqiqiyligiga shubhalanmoqda. Sababi, videotasvir oxirida kimdir muallif ismini aytib chaqiradi, u esa tezlik bilan smartfonni yashiradi. Jurnalistlarning fikricha, agar bu tasvir rostdan ham iPhone 7`niki bo`lganida, kompaniya vakillari videotasvirni yo`q qilgan bo`lar edi.

1 dekabr kuni Apple kompaniyasi iPhone 7 smartfonining bir nechta modeli ni sinovdan o`tkazayotgani haqida ma`lumot berilgan edi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1