Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan "Kasbino" do`koni yonida oq rangli Chevrolet “Gentra” va kulrang "Matiz" rusumli avtomobillari to`qnashib ketdi.
Transport halokati oqibatida "Gentra" avtomobili yo`l o`rtasida yonib ketdi, deya xabar beradi Kun.uz nashri "Voditeli Tashkenta" guruhiga asoslanib.
Hodisa oqibatida “Matiz” yo`l yoqasiga chiqib ketgan. “Gentra”ning haydovchisiga shikast etmagan, “Matiz” haydovchisi haqida ma`lumot yo`q. Tahminlarga ko`ra, avtomobillar "gaz"da harakatlangan.
Mazkur hodisa guvohi “Voditeli Tashkenta” guruhida bu haqda ma`lum qilgan va yo`llarda ehtiyot bo`lish kerakligini so`ragan.





