Xonanda Shahzoda Sputnik nashriga bergan intervyusida qaddi-qomati har doim bir qolipda ekanligi bilan bog`liq savollarga javob berdi.
“Sport bilan shug`ullangani menda ming afsuski, vaqt yo`q. Faol turmush tarzim har qanday fitnesdan a`lo, deb o`ylayman. Sog`lom oziqlanishga kelsak, haqsiz. Yog`li, qovurilgan, sho`r, nordon taomlardan mutlaqo voz kechganman. Sabzavot va mevalar jonu-dilim. Bir oydirki, go`sht mahsulotlarini iste`mol qilishdan voz kechdim. Go`sht o`rnini dengiz mahsulotlari egallagan”, — deydi xonanda.
Jurnalistning “Demak, palovxonto`rani iste`mol qilmaysiz?” degan savoliga xonanda “Ikki oyda bir marta, juda sog`inganimda o`zimga ruxsat berishim mumkin. Sevimli milliy taomim — dimlama. U sabzavotlarga boy”, — deb javob qaytardi.





