AsosiySUG'DIYONA

Yangi yil dasturxoni qanchaga tushadi?

Yangi yil bayramiga ham sanoqli kunlar qoldi. Hurmatli bekajonlar, agar dasturxoningizni o`zgacha, noodatiy tarzda bezatmoqchi bo`lsangiz, quyidagi maslahatlarimiz sizga asqotadi. Shuningdek, bayram dasturxoni sizga qanchaga tushishini ham taxminan hisoblab chiqdik.

Bayram dasturxoni!

Olovli Maymun yilida dasturxon matosi qizil rangda bo`lishi aytilmoqda. Oq rangli dasturxon ustidan qizil rangligini solib, idishlarni joylashtirishingiz mumkin. Kirib kelayotgan yilga moslab, qadahlarning ham qizil yoki tillarang bezaklisini tanlaymiz. Bordiyu buning imkoni bo`lmasa, qadahlarga qizil tasmani bog`lab qo`ysangiz ham bo`ladi. Dasturxonda ranglar uyg`unligi bo`lishiga diqqat qiling. Qizil rangga urg`u berishni istasangiz, likopchalar oq rangda bo`lsin. Chaqindi va shirinliklar uchun bir turkumdagi idishlardan foydalaning. Billur bilan chinni idishni aralashtirib yubormang.

Oddiylikdan qoching!

Maymun, o`zgaruvchan kayfiyatli jonivor. Yana bir xillikdan tez zerikadi. Shunga mos tarzda bu yil an`anaviy odatlardan uzoqlashing. Masalan, dasturxon bezashda qo`lsochiqlarini turli shakllarda taxlang. Ustma-ust qilib, archa shaklini hosil qiling. Uzun fujer ichiga o`ralgan sochiqni solsangiz ham bo`ladi. Yoki sanchqi va qoshiqni sochiq ichiga o`rab, bir uchini chiqarib qo`ying.

«Shirin» maslahatlar 

Bayram taomnomasida eng asosiy egulik bu albatta shirinliklar! «Asalli pirog», «Napaleon» kabi «firmenny» shirinliklaringizni pishirib bo`lgach, Yangi yilga mos pryanikli archa yoki archa o`yinchoqlarini eslatuvchi pechene tayyorlang. Ishoning, bunday pishiriqlar dasturxoningizga ko`rk bag`ishlaydi. 2016 yil uchun atalgan bayram torti esa banan yoki shokoladli bo`lishi tavsiya qilinmoqda.

Maxsus salat yodingizdagimi? Barakalla! Istalgan masalliqlardan foydalanib, salat tayyorlang-da, ust qismiga maymun qiyofasini aks ettiring.

Yil «qahramon»i banan «jinnisi». Tushunganingizdek mevali kompozisiya banan va ananas bilan boyitilishi lozim.

Oddiy kekschalar ustiga shokolad va qaymoqli krem yormida bezak berib, maymunchalar yasash ham yana bir bayram taklifi.

Maymun quvnoqlikni yaxshi ko`radi. Bayram dasturxonidagi salatlarda aynan ko`tarinkilik sezilishi kerak. Buning uchun salat yuzasini ko`katlar, pomidor-bodring , qirg`ichdan chiqarilgan tuxum va zaytun mevasi bilan bezatishingiz mumkin.

Dasturxon bezashda yangilik qilishga harakat qiling. Masalan, shirinliklarni odatdagidek likopchaga emas, balki uch qavatli idishlarga terib chiqing. Gazaklarni esa har doimgidek aylana yoki uchburchak shaklda kesmay, to`rtburchak kub shaklida to`g`rang-da, tish kovlagich yoki rangli sanchqilarga joylang. 

Yangi yil dasturxoni qanchaga tushadi?

Tuxum 5500 so`m/10 dona.

Pomidor 4000 so`m/kg.

Bodring 5000 so`m/kg.

Ko`k no`xat 5000 so`m

Mayonez 5000 so`m/450 gr.

Olma 5000-6000 so`m/kg.

Mandarin 10000 so`m/kg.

Apelsin 8000 so`m/kg.

Sharbat 3000-7000 so`m/1l.

Shokolad 25000 so`m/kg.

Shokolad 13000 so`m/quti

Kolbasa “Doktorskiy” 25000/kg.

Kolbasa “Servelat” 20000 so`m/kg.

Pishloq 20000 so`m/kg.

Jo`ja go`shti 12000 so`m/kg.

Go`sht (mol) 25000 so`m/kg.

Baliq 12000 so`m/kg.

Seld 20000 so`m/540 gr.

    Boshqa yangiliklar