AsosiySUG'DIYONA

Oilani ishdan ustun qo`ygan mashhur ayollar(Foto)

Dunyo kino va estrada yulduzlari orasida mashhurlik va  daromaddan tinch va osoyishta oilaviy hayotni ustun qo`yuvchilar ham bor. Quyida ular haqida ma`lumot beramiz.

60 yillarning afsonaviy modeli Tviggi turmush qurgach, karerasini oilaga almashtirdi. Qizi tug`ilgach, turmush o`rtog`i bilan ajrashdi, so`ng yana turmushga chiqdi. Bu vaqt oralig`ida Tviggi bir nechta musiqiy albom chiqardi. Ammo bu ishni u jamoatchilik uchun emas, o`zi uchun qildi. Hozirgi kunda esa Tviggi o`z hayoti haqida shunday deydi: “Men ovqat pishirishni juda yaxshi ko`raman, sabzavot va mevalarni ham shaxsan o`zim xarid qilaman. Kechki payt esa o`zimga yoqadigan kuy-qo`shiqlar sadolari ostida kiyim tikish bilan mashg`ul bo`laman. Men uchun bu vaqtni o`tkazishning eng yoqimli turi”.

Taniqli aktyor Ben Afflekning rafiqasi Jennifer Garner ham aktrisalik faoliyatini oilaviy ayollik baxti uchun qurbon qilganlardan. U o`zini tamomila turmush o`rtog`iga va uch nafar farzandlariga, uy-ro`zg`or tashvishlariga bag`ishladi. Kino yulduzi katta ishonch bilan shunday deydi:

“Boshida ham ishni, ham oilani uddalaydigan ayol bo`lishni niyat qilgandim. Birinchi farzandimga homilador bo`lgan paytimda ham ishlab ham yaxshi uy bekasi bo`la olishimga ko`zim etardi. Ammo men yanglishgan ekanman. Hozirgi fikrim: ayol kishi muvvaffaqiyatli karera va oilani birdek olib borishi imkonsiz ekan!”

Gollivudning eng ko`p haq to`lanadigan aktrisalaridan biri Greys Kelli o`z  kasbini Monako qiroli Rene IIIning muxabbatiga almashtirdi. “Oskar” mukofoti” sovrindori, o`ndan ortiq kinofilmlarda suratga tushgan aktrisaning muvaffaqiyat qozonishida rejissyor Alfred Xichkokning hissasi katta.

Greysning Monte-Karlodagi suratga olish jarayonlaridan birida o`z shahzodasini uchratib qolishi uning hayotida tub burilish yasadi.  Ular uch nafar farzand ko`rib, baxtli hayot kechirdi.

Rossiyalik taniqli xonanda Alsu hozirda bir yilda bir yoki ikki martagina sahnada ko`rinish beradi. Uning aytishicha, turmush o`rtog`i tadbirkor Yan Abramov qo`shiq kuylashiga hech qachon qarshi bo`lmagan. Uning o`zi oila qurgach, asosiy vaqtini oila davrasida o`tkazishni hohlashini ta`kidlaydi. Alsuning ikki nafar qizi bor.

Gollivud aktrisasi Jessika Alba “Gunohlar shahri”  filmidan so`ng mashhurlikni qo`lga kiritdi.  Shundan so`ng uning hamma yulduzlarga xos hayoti boshlandi: intervyular, uchrashuvlar, suratga olish jarayonlari, yaltiroq muqovali jurnallarga fotosessiyalar. Ammo so`nggi paytlarda u kamnamo bo`lib qolgandek. Jessikani ko`proq farzandlari va turmush o`rtog`i bilan birga uchratishmoqda. Uning o`zi bu haqda shunday deydi:

“Men orzuimdagi insonni uchratdim. Umid qilamanki,  umrimizning qolgan qismini biz birgalikda o`tkazamiz. Biz u bilan inoq, ahil va muxabbat hukm suradigan tinch va farovon oilani barpo etmoqchimiz!”

Megan Foks ham oilaparvar aktrisalardan. U 29 yoshida ikki nafar o`g`illi bo`lishga ulgurgan. Farzandlari tug`ilgunga qadar suratga olish maydonchalaridan beri kelmagan aktrisa endilikda oilasiga ko`proq vaqt ajratmoqda. Gollivudda unga tobora kamroq rollar taklif qilishayotgani aktrisani xavotirga solgani yo`q. Aksincha u farzandlari bilan ko`proq birga bo`lishni suratga olish ishlaridan qiziqarliroq ekanligini ta`kidlaydi.

Fransiyaning sobiq Prezidenti Nikola Sarkozining rafiqasi Karla Bruni ham qo`shiqchilik faoliyatini bir muddat to`xtatib, o`zini oilaga va turmush o`rtog`iga bag`ishladi. U sevimli ishi bilan o`z uyida ochgan studiyasida shug`ullana boshladi. Ammo oilasidan ortib, xonandalik faoliyatiga etarlicha vaqt ajrata olmagani uchun ko`zga ko`rinarli yutuqlarga erisha olmadi. Hozirda esa Karla Bruni yaxshi uy bekasi va farzandlarining mehribon onasi sifatida “tanilgan”.

manba:marketium.ru

 

 

       

    Boshqa yangiliklar