1

Apple Samsung kompaniyasini sudga berdi

Hi-tech 25.12.2015, 16:54
 Apple Samsung kompaniyasini sudga berdi

Apple kompaniyasi Samsung Electronics ustidan sudga arz qildi va raqibini patent huquqini buzganlikda ayblab, 180 million dollar jarima talab qildi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Apple rahbariyatining ta`kidlashicha, Samsung kompaniyasi 2012 yildagi sudlashuvlardan so`ng aybdor deb topilishiga asos bo`lgan o`sha beshta qurilmalarni sotish orqali kompaniyaga moddiy zarar keltirgan.

2012 yilda Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi iPhone ishlab chiqaruvchisining patent huquqini buzganlikda ayblangan edi.

Joriy yilning 4 dekabrida Samsung Apple bilan besh yillik patent mojarolaridan so`ng birinchi marta 548 million dollar jarima to`lashga rozi bo`lganligi ma`lum qilingan edi.

Apple birinchi marta 2011 yilda Samsung ustidan sudga murojaat qilgan edi. 2012 yilda Samsung Amerika kompaniyasining mobil texnologiyalari va iPhone dizayni va tashqi ko`rinishiga tegishli patent huquqini buzganlikda  aybdor deb topilgan edi.

Sud qarorida Samsung kompaniyasining Apple`ning patent huquqlariga kiritilgan ba`zi huquqlarni buzganligi, jumladan telefonning ustki qismi, smartfon hoshiyasi va foydalunvchining grafik interfeysini ko`chirganligi ta`kidlangan edi.

Bundan tashqari, Samsung o`z smartfonlari ekraniga ikki marta qo`l bilan tegilganida faylning kattalashishi funksiyasini ham iPhone`dan ko`chirganligi aytilmoqda.

Apple o`ziga etkazilgan moddiy zararni 2,5 milliard dollar deb baholadi. Sud summani 1 milliardga tushirdi. 2015 yilga kelib Samsung jarima miqdorini avval 930 million dollarga, keyinroq 548 million dollarga pasaytirishga muvaffaq bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1