AsosiyIqtisodiyot

O`zbekiston bozoriga 8 oy davomida 230,6 ming dona televizor va uning ehtiyot qismlari import qilindi

'O`zbekiston bozoriga 8 oy davomida 230,6 ming dona televizor va uning ehtiyot qismlari import qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko`ra, mamlakatimizga qiymati 5,3 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 230,6 ming dona televizor va uning qismlari import qilingan. Bu haqda statistika qo`mitasi xabar berdi.

O`tgan yilning mos davriga nisbatan bu yil televizor va uning qismlari importiga 2,8 mln. AQSh dollari kam sarflangan.

 Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 26 ta davlatdan televizor va uning qismlari import qilgan. Import hajmi yuqori bo`lgan davlatlar orasida Xitoy (3,2 mln.), Koreya (820 ming), Qozog`iston (435,6 ming) va 87 ming AQSh dollari bilan Germaniyani ko`rish mumkin.

 Ma`lumot o`rnida, mamlakatimizda 2019 yilda qiymati 946,3 mlrd. so`mlik 951 ming dona televizor ishlab chiqarilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar