AsosiySPORT

“Paxtakor”chilarni irqiy kamsitgan hujumchi Isa Alkasir 6 oyga futboldan chetlatildi

OFK Tartib-intizom va etika qo`mitasi “Persepolis” hujumchisi Isa Alkasirni 6 oy muddatga...

'“Paxtakor”chilarni irqiy kamsitgan hujumchi Isa Alkasir 6 oyga futboldan chetlatildi'ning rasmi

OFK Tartib-intizom va etika qo`mitasi “Persepolis” hujumchisi Isa Alkasirni 6 oy muddatga har qanday futbol faoliyatidan chetlatishga qaror qildi.

U 58.1 bandini buzgan. Diskvalifikasiya muddati qaror chiqqan kundan boshlab hisobga olinadi. Qo`shimcha ravishda Alkasir 10 000 AQSh dollari miqdorida jarima to`laydi.

OFK saytida yozilishigacha futbolchi “Paxtakor” bilan o`yinda imo ishora orqali irqiy kamsitishga yo`l qo`ygan. 58.1 moddaga ko`ra biror insonni yoki odamlar guruhini kamsitish, uning sha`niga noma`qul so`zlarni ishlatish, uning rangini, dinini yoki siyosiy vaziyatni aks ettirish ta`qiqlanadi.

Qaror bugun chiqqan va Isa Alkasir bugungi “Al Nassr”ga qarshi bahsda maydonga tusha olmaydi.

Xo`sh Isa Alkasir nima uchun “Paxtakor”ga gol urgach bunday harakat qildi? Bu bilan kimni haqorat qilmoqchi bo`lgandi? Javob esa hech kimni. Alkasirning kichkina jiyani bor. Uning ko`zi xuddi sharqiy osiyoliklar singari qisilgan. Shu bois hujumchi deyarli har golini unga bag`ishlaydi. OFK esa “Al Nassr” bilan o`yinga 3 soat qolganida hujumchini diskvalifikasiya qildi…

    Boshqa yangiliklar