AsosiyJamiyat

Abu-Saxiy bozori oldida AQSh dollaridagi pul mablag`ini tushirib qoldirgan fuqaro topildi

'Abu-Saxiy bozori oldida AQSh dollaridagi pul mablag`ini tushirib qoldirgan fuqaro topildi'ning rasmi

 Biroz avval IIBB Toshkent shaharida pulini  tushirib qo`ygan fuqaroni topishda yordam so`rayotgani haqida xabar bergan edik.  

Eslatib o`tamiz,1 oktyabr kuni Abu-Saxiy bozorida Chilonzor tumani IIO FMB xodimi kapitan F.Nazarov taxminan 25-30 yoshlardagi noma`lum shaxs tomonidan tushirib qoldirilgan pul mablag`larini topib olgandi.

IIBBning xabar berishicha  kecha, 4 oktyabr kuni topib olingan pul mablag`lari to`liqligicha egasiga, ya`ni Xorazm viloyatida tug`ilgan 27 yoshli B.I.ga qaytarildi. "Mazkur holatga befarq bo`lmagan va bu shaxsni topishda hamkorlik qilgan barchaga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz" deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar