Qozog`istonning SCAT aviakompaniyasi Aqtau—Urganch—Aqtau yo`nalishi bo`yicha parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda O`zbekiston Transport vazirligi xabar berdi. Ma`lum qilinishicha, 2020 yil 1 avgustdan boshlab Urganch aeroportida joriy qilingan «Ochiq osmon» rejimi asosida «O`zaviasiya» agentligi SCAT aviakompaniyasiga 2020 yil 2 oktyabrda Aqtau—Urganch—Aqtau yo`nalishi bo`yicha muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsatnoma berdi. Eslatib o`tamiz, SCAT Qozog`istonning yirik aviakompaniyalaridan biri bo`lib, 2018 yilda kompaniya Boeing-737 MAX 8 modelidagi oltita samolyot buyurtma qilganligi ma`lum qilingandi. |
05.10.2020 23:28