Farg`ona viloyatining sobiq hokimi, yaqinda bosh vazir o`rinbosari lavozimida ish boshlagan Shuhrat G`aniev koronavirus yuqtirib olgani aytilmoqda. Bu haqda "xabar.uz" ma`lum qilmoqda. Unga ko`ra, Sh. G`aniev poytaxtdagi 16-shifoxonada davolanayotir. Ahvoli yaxshi ekani, kasallik engil kechayotgani qayd etiladi. Shuhrat G`aniev yangi lavozimga tayinlanganidan keyin ilk bor prezident Shavkat Mirziyoevning Nukus shahridagi «Qoraqalpoq baliq sanoat» MChJ faoliyati bilan tanishuvi jarayonida ko`rinish bergandi. |
12.10.2020 20:53
Shuhrat G`aniev koronavirus yuqtirib olgani aytilmoqda
