2020 yil 12 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 61 419 (+100) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 77 nafari Toshkent viloyatida, 7 nafari Surxondaryo viloyatida, 10 nafari Farg`ona viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. E`tiborli jihati, bugun: Qoraqalpog`iston Respublikasida 5 nafari; Andijon viloyatida 14 nafar; Jizzax viloyatida 12 nafar; Qashqadaryo viloyatida 7 nafar; Namangan viloyatida 16 nafar; Samarqand viloyatida 9 nafar; Sirdaryo viloyatida 12 nafar; Surxondaryo viloyatida 8 nafar; Farg`ona viloyatida 7 nafar; Xorazm viloyatida 6 nafar; Toshkent shahrida 78 nafar, Toshkent viloyatida 184 nafar bemor tuzaldi. Ayni paytda yurtimizda 58 427 (+358) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (95 foiz) sog`aygan. Hozirda mamlakatimizda 2 483 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. |
12.10.2020 23:46
12-oktyabr. O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 61 ming nafardan oshdi
