1

Davlatimiz rahbari Oqoltin tumani “Nurafshon orzu bo`stoni” fermer xo`jaligi dalasida bo`ldi

Siyosat 13.10.2020, 16:30
Davlatimiz rahbari Oqoltin tumani “Nurafshon orzu bo`stoni” fermer xo`jaligi dalasida bo`ldi

Sirdaryo viloyatiga safarini davom ettirar ekan, davlatimiz rahbari Oqoltin tumani “Nurafshon orzu bo`stoni” fermer xo`jaligi dalasida bo`lib, paxta hosilini ko`zdan kechirdi.

Bu g`o`zalarni etishtirishning o`zi bo`lgani yo`q. Sardoba suv ombori toshqini qishloq xo`jaligiga ham katta zarar etkazgan edi. Xususan, Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlaridagi 20 ming gektarga yaqin ekin maydonini suv bosgandi.

Hosilni asrab qolish uchun ko`chma nasoslar yordamida suv qochirilib, er kultivasiya va chopiq qilindi. Imkonsiz joylarda paykallar buzilib, qaytadan boshqa ekinlar ekildi. Qiyg`os ochilgan paxta ana shunday mashaqqatli mehnat natijasi.

“Nurafshon orzu bo`stoni” fermer xo`jaligi “Oqoltin APK” paxta to`qimachilik klasterining hamkori. 

Shu erda klasterlar rahbarlari va fermerlar bilan muloqot bo`ldi. Paxtani qayta ishlab, xomashyoni tayyor mahsulotga aylantirib, qo`shimcha qiymat yaratish muhimligi ta`kidlandi.

- Klaster va manfaatdorlik - O`zbekiston qishloq xo`jaligining kelajagi. Ilm-fan va innovasiyalarni joriy etmay turib, bu sohani raqobatbardosh qilib bo`lmaydi, - dedi Prezident.

Mazkur klaster tomonidan 2021-2022 yillarda amalga oshiriladigan loyihalar haqida ma`lumot berildi. Xususan, Oqoltin tumanida yiliga 30 ming tonna chigitni qayta ishlash bo`yicha qiymati 4 million dollar hamda 50 ming tonna donni qayta ishlash bo`yicha qiymati 5,8 million dollar bo`lgan loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1