AsosiySUG'DIYONA

Polina Gagarina: «Yarim yilda 40 kilogacha ozganman» (Foto)

Hozir Polina Gagarina 10 yil oldin “Fabrika zvyozd-2” loyihasi orqali tanilgan qizga mutlaqo o`xshamaydi. Qaysidir vaqt u tanishlariga o`zining Polina ekanligini tushuntirishiga ham to`g`ri kelgan. Xo`sh, u bunga qanday erishgan?

Men hech qachon hozirgiday sarvqomat bo`lmaganman. «Fabrika» paytida men dumaloq yuzli juda to`la qiz edim, vaznim 57—58 kilo edi. Yodimda tarozida vaznim 56 ko`rsatsa ham hursand bo`lardim! Homiladorlik paytimda esa men yana 30 kilo to`pladim. Ko`zgu oldidan o`tganda qaramasdim, o`girilib olardim. Nima qilay? Homiladorlikda doimiy ochlik hissi meni tinch qo`ymasdi-da. Qandolat mahsulotlari tushlarimga kirardi. Men kechasi 3 da uyg`onib, muzlatgichni oldiga borib, uning ichidagini bo`shatishim ham mumkin edi. Restoranlarda 2 likopcha spagettini eb ham ochligimcha qolishim mumkin edi. Ikkita pirojniyni shirin choy bilan eb yuborardim. Hozir hayron qolaman: qanday qilib shuncha narsa egan ekanman deb?! Onam doim menga: «Etadi, etadi» der edilar. Men esa onamdan hafa ham bo`lardim: qanday qilib homiladorga ayolning organizmi hohishlariga qarshi chiqish mumkin deb! (Kuladi.)

— Turmush o`rtog`ingizchi u bu borada nima derdi (aktyor Petr Kislov)?

— U shunchaki sabr qilardi. Uning homiladorligimdagi sabriga haykal qo`yish kerak! Men nafaqat erdim, balki doim yig`lardim ham. Ertalabdan kechgacha! Mening kayfiyatim doim o`zgarardi — bu falokat edi!

— Qanday qilib bu darajada ozdingiz?

— Birinchidan, men qattiq dietaga o`tirdim. Almashtirardim: bir kun faqat guruch erdim, boshqa kun — tovuq, uchinchi kun — faqat sabzavotlar. Qat`iy kech soat oltigacha! Avvaliga og`ir bo`ldi, doim ochlik qiynadi, keyin esa ko`nikdim. Menga hatto yoqa boshladi. Eng asosiysi Moskva badiiy teatri qoshidagi maktab-studiyasida o`qigan chog`imda boshlandi. Har kuni uch soatdan — sahna harakati, qilichbozlik, keyin esa — dramma raqslari. Shu og`ir kuch sarflanishi sabab ko`krak sutim ham "qochib ketgan". Bolamni bir oygina emiza olganman. Xullas yarim yilda 30 kilo yo`qotdim. Keyin esa 10 kilo o`z-o`zidan ketdi. O`sha paytda sochimni rangini mallaga (blondinka) bo`yaganim esa bo`yoq organizmimga kirib ortiqcha kilolarni emirib tashlaganday bo`ldi. Shu tarzda vaznim «47» bo`ldi va endi oshmayapti. Organizmda mana shunday qayta qurish ro`y berdi. Hozir men hech qanday dietada emasman, shunchaki to`g`ri ovqatlanaman. Unli, shirin, yog`li mahsulotlarni iste`mol qilmayman. Ba`zida mutlaqo eyishni unutaman. Bundan tashqari trenajer zaliga qatnayman: yuguraman, shug`ullanman, suzaman va saunada parlanaman. Va albatta o`zimni ijodga bag`ishlayman.

Manba: 7days.ru

    Boshqa yangiliklar