AsosiyJamiyat

Qorako`l Halqaro matematika maktabi direktori poytaxtdagi 81-maktabga kelib, o`z tajribasi bilan o`rtoqlashdi

'Qorako`l Halqaro matematika maktabi direktori poytaxtdagi 81-maktabga kelib, o`z tajribasi bilan o`rtoqlashdi'ning rasmi

Bugun Uchtepa tumanidagi 81-matematikaga faniga ixtisoslashtirilgan maktabga Qorako`l tajribasini ommalashtirish ko`zda tutilgan. Shu sabab Qorako`l Halqaro matematika maktabi direktori Temur Ro`ziev mazkur maktabga tashrif buyurib, o`z fikrlari va tajribasi bilan o`rtoqlashdi.

Uchrashuvga tumandagi boshqa  maktab direktorlari va fan o`qituvchilari ham taklif etildi.

Tuman rahbariyatining fikriga ko`ra kelajakda  mazkur ta`lim muassasasini Maktab -internatga aylantirish borasidagi loyihalar o`rganilmoqda.

  Z. Haydarova, Uchtepa tumani 81-sonli matematika faniga 

ixtisoslashtirilgan davlat umumtalim maktabi direktori:                    

--  Mehmonlar maktabimiz bilan tanishib chiqdilar, matematika faniga ixtisoslashtirilgan 5- sinfda  dars jarayonini kuzatib, o`quvchilar bilan suhbatlashdilar.

Shundan so`ng 81- ixtisoslashtirilgan davlat umumtalim maktabi  va Qorako`ldagi  xalqaro matematika maktabi o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Xususan, ular zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda   aniq fanlar va chet tillarini chuqur o`qitish, o`quvchilarning ijodiy salohiyatini namoyon qilish, iqtidorini yuzaga chiqarish hamda ularni respublika va xalqaro fan olimpiadalariga qatnashishga tayyorlash xaqidagi fikrlarimizni  qo`llab-quvvatladilar. Shuningdek mehmonlar ishtirokida  o`quv dargohimizni maktab-internatga aylantirish to`g`risidagi loyihaning taqdimoti o`tkazildi. 

Tashrif davomida Halqaro matematika maktabi direktori Temur Ro`ziev sektor rahbarlari ishtirokida uchtepalik O`zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To`xtaboev xonadonida bo`lishib, ustoz holidan xabar olishdi.

 

    Boshqa yangiliklar