Mangu sevgi barqarorligi-yu, nikohlar eng avvalo arshialoda tuzilishiga ishonish qiyin.To`y libosi tanlash fursati kelganida esa ko`ylak qanday ko`rinishda bo`lishi kuyov tanlash singari chuqur o`ylantirishi haqida bahs boylasa bo`ladi.
Chiroyli to`y ko`ylagi- to`yning muvaffaqiyatli o`tishida muhim hisoblanadi. Sababi mehmonlarning aksariyati aynan bazmning sababchilaridan biri bo`lgan kelinning chiqishini kutishadi. Yulduzlar ham turmushga chiqayotgan boshqa qizlar singari to`y libosiga jiddiy e`tibor beradi. Yulduzlarning eng chiroyli to`y ko`ylaklarini bizni sahifamizda ko`rishingiz mumkin.
Jaklin Kennedi-Onassis
AQShning birinchilaridan hisoblangan bo`lajak ledi 1953 yilda hali senator bo`lgan Jon Kennedi bilan turmush qurgan. U zamonlarda hali hech kim to`y ko`ylaklarning bichimi va fasoni bo`yicha tajribalar o`tkazishga jazm etmasdi. Shuning uchun Jaklinning ko`ylagi oddiy klassika uslubida, ya`ni bashang, oq rangli, elkalari salgina ochiq hamda V-ko`rinishidagi yoqali bo`lgan.
Greys Kelli
Har tomonlama qirolichalarga xos bo`lgan to`y ko`ylaklaridan birini Gollivud yulduzi Greys Kelli 1956 yilda Monako qiroli Rene IIIga turmushga chiqayotganida tanlab olgandi. Kelajakda eri bilan yonma-yon qirollik ishlarini yuritgan Greys, valan to`rdan tikilgan yopiq ko`ylakni kiygan edi.
Byanka Jagger
Byanka Jagger ayni rok-n-roll gullagan vaqti 70 yillar boshida The Rolling Stones xonandasi Mikk Jaggerning birinchi qonuniy xotini bo`lgani uchun hech kim undan odmi, erga tegib turadigan oq ko`ylak kiyishini kutmagan. Biroq Byanka an`anaviy to`y libosidan voz kechib, uzun oq yubka, quruq badaniga chuqur o`yilgan yoqali oq smoking va keng oq shlyapa kiyib tarixga muxrlandi.
Anjelina Joli
2014 yilda Anjelina Joli va Bred Pittning qurgan nikohini uzoq kutilgan zamonaviy to`ylar sarasiga kiritish mumkin. 6 nafar bolaning ota-onasi asosiy to`y taraddud ishlarini o`z farzandlariga topshirishdi. Kelin obrazini yaratishda ham ular bevosita ishtirok etishgan holda Atelier Versace`ning ipak shoyili libosini bolalarga oid rasmlar bilan bezatishdi.
Keyt Moss
Hozirgi vaqtning eng janjalkash modeli Keyt Moss ham rok musiqachiga turmushga chiqdi(Bunday baxtga erishgan kuyov gitarachi The Kills Djeymi Xins). O`z-o`zidan ma`lumki u oppoq “torte” ko`ylagini kiymagan. Keytning boxo uslubidagi to`y ko`ylagini Jon Galyano tikkan edi.
Megan Foks
Ko`pgina xaykaltaroshlik ishlari va kasbdoshlariga nisbatan tanqidi bilan mashhur bo`lgan Megan Foks, aktyor Brayan Ostin Gringa g`ayrioddiy sharoitda turmushga chiqdi. Ularning to`yi okean qirg`oqida bo`lib o`tdi. Mehmonlardan faqat Brayanning birinchi turmushidan bo`lgan o`g`li ishtirok etdi. Meganning o`zi esa ortiqcha hashamlardan xoli, oddiy oq ko`ylagini unga monand bo`lgan oddiy oq fata bilan to`ldirdi.
Keyt Middlton
Shaxzoda Uilyam va Keyt Middltonning to`yi katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan edi. Sababi, qirollik oilasiga mansub bo`lmagan, oddiy Keyt ismli qiz xuddi ertaklardagi kabi bir kechada “Zolushka”dan malikaga aylanib qolgandi. O`z-o`zidan ma`lumki Keytga oddiy ko`ylakda turmushga chiqishda hech kim ruxsat bermasdi. Shuning uchun uning libosi shunga muvofiq holda- alohida chiroyli to`rli oq ko`ylak, aqlni ozdiradigan shleyf va bosh kiyimli fata bo`lgan.
Ferji
Taniqli qo`shiqchi 2009 yilda aktyor Josh Dyuamelga turmushga chiqdi. U oldingi yillardagi to`y liboslari modasiga uyg`unlashgan holda libosni tanladi. Ferji bashang variantdan voz kechib qomatni bildirib turadigan va etagining pastki qismi kengayib ketadigan ko`ylakni tanladi. Sochlarning salgina erkin jilvador pala partish turmaklangani esa kelining chiroyiga yanayam ko`rk qo`shdi.
Gven Stefani
Gven 2002 yilda rok musiqachi Gevin Rossdeyliga turmushga chiqdi. O`zining ko`rinish uslublari bo`yicha o`tkazadigan tajribalari bilan mashhur bu yulduz “an`anaviy kelin” ko`rinishidan voz kechdi. Natijada Gvenning ko`ylagi oq rangdan to`q qizil rangga ravon o`tib borardi. Eng qizig`i shundaki bu o`ziga xos ko`rinishga ega bo`lgan ko`ylak o`sha paytda Dior uyida rahbarlik qilgan Jon Galyano muallifligiga tegishli.
Natali Portman
Natali va uning sevgilisi Benjamin Milpe juda oddiy oilaviy to`yni o`tkazishga qaror qilishdi. Bu ba`zmga ular faqat eng yaqin do`stu-yorlarini taklif qilishdi. Aktrisa ancha oddiy biroq uzunligi tizzadan pastroq bashang yubkali mayin ko`ylakni tanladi. Yoyilgan sochini esa, Portman gulchambar bilan bezadi.
Enn Xeteuey
Enn sevgilisi Adam Shulman bilan 2012 yilda turmush qurdi. Va bu hodisa uchun u eng chiroyli va nazokatli ko`ylak tiktirishni ma`qul deb topdi. Aktrisaga Valentino uyida bulutga o`xshash, ko`rinishidan engil bo`lgan libos tikildi. Enn ko`ylagining etagi bilinar-bilinmas pushti rangga bo`yalgan edi.
Xilari Daff
Xillari va uning turmush o`rtog`i xokkeychi Mayk Komri ayni vaqtda birga yashashmayotgan bo`lsa ham, ularning to`yi 2000 yilda o`tkazilgan yulduzla o`rtasida eng chiroylisi sanalgan.
Xillari qomatni chertib turadigan, fil suyagi rangidagi tor ko`ylakda yanayam dabdabali ko`ringan. Sochning yuqoriga turmaklangani aktrisaning ko`rinishini yuqori darajada boyitib turgan.
Salma Xayek
Salma Xayek va uning turmush o`rtog`i Fransua-Anri Pino qizi Valentina tug`ilganidan keyin ajralishadi. Biroq keyin yana qaytadan topishishadi va turmush qurishga qaror qilishadi. Salmaning ko`ylagi oddiy bashang yubkali va yuqori qismi yaltiroq bo`lgan. Marosimning o`zi esa XVIII asrga oid Venesiya saroyida bo`ladi. Ushbu marosimni ko`rish uchun Gollivudning yarim aholisi saroyning tomida yig`ilib oladi.
Manba: woman-rules.ru