Bugun, 24 oktyabr kuni Xabib Nurmagomedov va Jastin Geyji Abu-Dabida jang o`tkazadilar. Jang UFC 254 turniri doirasida bo`lib o`tadi.
Jangchilar engil vazn toifasida kuch sinashishadi. Turnir Toshkent vaqti bilan soat 19:30da boshlanadi.
Oqshomning asosiy jangi soat 23:00 atrofida bo`lishi kutilmoqda. Ta`kidlash joizki, bu Xabibning otasi vafotidan keyingi birinchi jangi. Ilgari rossiyalik jangchi har doim Abdulmanap Nurmagomedov ko`magida jang qilgan.
Shuningdek, UFC 254 kechasi doirasida o`zbekistonlik ayol MMA jangchisi Liliya Shokirova UFCda debyut qiladi. 24 oktyabr kuni bo`lib o`tadigan jang oqshomida unga amerikalik Loren Myorfi raqiblik qiladi.
Jang oldidan ikkala sportchi ishtirokida face-to-face marosimi bo`lib o`tdi. Liliya raqibini shu erdayoq qo`rqitib qo`yishga harakat qilgan.






