1

Ukraina Prezidentining o`zbekistonlik qiyofadoshi serialda suratga tushmoqda

Madaniyat 24.10.2020, 21:35
Ukraina Prezidentining o`zbekistonlik qiyofadoshi serialda suratga tushmoqda

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning o`zbekistonlik qiyofadoshi Umid Isaboev Rossiyada 12 qismli “Ze” serialida suratga tushmoqda. Serialning qismlaridan birini Namanganda tasvirga tushirish ham ko`zda tutilmoqda. Bu haqda O`zA ma`lum qildi.

Umid Isaboevning aytishicha, u “Mosfilm” bilan uch yillik shartnoma tuzgan. 

"Bundan oladigan gonorarni yurtimizda turizmni rivojlantirishga, o`zim tug`ilib o`sgan Chortoq va Alixon qishlog`i infratuzilmasini yaxshilash, yirik ishlab chiqarish korxonalarini ochishga sarflayman. Maqsadim Namangan dong`ini dunyoga taratish, – deydi u.

Eslatib o`tamiz, bir necha yillardan buyon Rossiya Federasiyasida avtochilangarlik bilan shug`ullanib kelayotgan namanganlik Umid Isaboev Moskva metrolarida tushgan surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgach, mashhur bo`lib ketgandi. Bunga sabab uning Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyga o`xshab ketishi edi. Shundan so`ng uni Rossiya va ukrainalik jurnalistlar uchrashuv va intervyularga chaqira boshlashdi. Hamyurtimiz haqida ko`plab ko`rsatuv, eshittirishlar, maqolalar yozildi. Endilikda kino sanoati mutaxassislari nazariga ham tushdi.

"Darakchi" gazetasi ham hamyurtimiz bilan suhbat uyushtirgandi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1