1

Shavkat Mirziyoev Turkiya mudofaa vazirini qabul qildi

Siyosat 27.10.2020, 18:42
Shavkat Mirziyoev Turkiya mudofaa vazirini qabul qildi

27 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarni qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Davlatimiz rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, ko`p asrlik do`stlik va birodarlik rishtalariga asoslangan hamda keyingi uch yilda birgalikdagi sa`y-harakatlar bilan sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarilgan O`zbekiston-Turkiya strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama jadal rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Hulusi Akar O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anning ezgu tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o`rtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik holati va istiqbollari ko`rib chiqildi, shuningdek, keyingi yillarda mudofaa sohasida amalga oshirilgan qo`shma tadbirlar yakunlari sarhisob qilindi.

O`zbekiston va Turkiya mudofaa idoralari o`rtasida o`rnatilayotgan amaliy hamkorlikning muhim yo`nalishlari sifatida harbiy kadrlarni o`qitish bo`yicha dasturlarni amalga oshirish, ixtisoslashtirilgan oliy ta`lim muassasalari o`rtasida aloqalarni yo`lga qo`yish, qo`shin bo`linmalarini tayyorlash bo`yicha tajriba almashish belgilandi.

Mintaqadagi zamonaviy xatarlar va xavfsizlikka tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Turkiya milliy mudofaa vaziri harbiy va harbiy-texnik sohalarda keng ko`lamli hamkorlikka tayyor ekanini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1