AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari mamlakatimizga issiq havo oqimi kirib kelmoqda

'Dam olish kunlari mamlakatimizga issiq havo oqimi kirib kelmoqda'ning rasmi

So`nggi kunlarda O`zbekistonda Volgabo`yi hududidan kirgan sovuq antisiklon natijasida keskin sovuq tushdi. Bugundan boshlab esa mamlakatimiz hududiga Eron tomondan issiq havo kira boshlaydi. Respublika bo`yicha barcha joylarda ob-havo ochiq, kuchsiz shamol esadi. Kunning o`rtasiga kelib harorat 15-18 darajagacha, janubiy hududlarda 23 darajagacha ko`tariladi.

Dam olish kunlari respublikamizga Erondan issiq havoning kirishi davom etadi. Tungi sovuq faqat mamlakatning ayrim tog`li va baland tog`li hududlarida saqlanib turadi. Harorat kechasi 2-7 daraja atrofida, kunduzi 17-22 daraja bo`lishi kutilmoqda, janubiy tumanlarda havo 25 darajagacha isiydi.

    Boshqa yangiliklar