2020 yil 30 oktyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 66 705 (+77) nafarni tashkil etmoqda. Yangi kasallanish holatlarining: 7 nafari Toshkent shahrida, 60 nafari Toshkent viloyatida, 10 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bugun ayni paytga qadar: Qoraqalpog`iston Respublikasida 6 nafar, Andijon viloyatida 13 nafar, Jizzax viloyatida 8 nafar, Qashqadaryo viloyatida 4 nafar, Navoiy viloyatida 6 nafar, Namangan viloyatida 9 nafar, Samarqand viloyatida 6 nafar, Sirdaryo viloyatida 23 nafar, Surxondaryo viloyatida 6 nafar, Farg`ona viloyatida 13 nafar, Xorazm viloyatida 5 nafar, Toshkent viloyatida 69 nafar, Toshkent shahrida 97 nafar bemor tuzaldi. Shunday qilib, yurtimizda 63 978 (+265) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog`ayish ko`rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda. Hozirda mamlakatimizda 2 164 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. | |
31.10.2020 03:02
30-oktyabr. O`zbekistonda koronavirus qayd etilganlar soni 66 ming nafardan oshdi
