AsosiyHi-tech
5142

Apple`ning iOS 9.3 dasturi tez uyquga ketishga ko`maklashadi

Apple kompaniyasi o`z qurilmalaridagi iOS dasturiy ta`minotining yangilangan talqiniga tungi rejimni qo`shdi, deb xabar beradi “Meduza” nashri.

Night Shift funksiyasi quyosh botadigan vaqtni aniqlash uchun geolokasiya ma`lumotlaridan foydalanadi. Quyosh botgandan so`ng, telefon apparati yoqimli ranglardan foydalangan holda, avtomatik tarzda displey rangini o`zgartiradi. Bu esa telefon foydalanuvchisining tez uyquga ketishiga yordam beradi.

Hozirda iOS 9.3 dasturidan beta-test jarayonida ishtirok etayotganlargina foydalanishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar