1

Microsoft kompaniyasi 12 yanvardan Windows 8`ni rasman qo`llab-quvvatlamaydi

Hi-tech 12.01.2016, 15:45
Microsoft kompaniyasi 12 yanvardan Windows 8`ni rasman qo`llab-quvvatlamaydi

2016 yilning 12 yanvaridan boshlab Microsoft kompaniyasi Windows 8 operasion tizimini, jumladan xavfsizlik tizimini yangilashni o`z ichiga olgan qo`llab-quvvatlashni rasman to`xtatdi. Bu haqda  “Review.uz”  nashri xabar bermoqda.

Mazkur operasion tizim uch yil mobaynida bozorda atigi 2,8 foiz ulushga ega chiqa oldi. Shunga o`xshash holat 2007 yilda Microsoft Vista bilan ham kuzatilgan edi.

Windows 8 foydalanuvchilari esa 2013 yilda chiqarilgan Windows 8.1ga o`tishlari mumkin. Ushbu OS Windows 8`ning qayta ishlangan namunasi hisoblanadi. Mazkur operasion tizimning qo`llab-quvvatlanishi esa 2023 yilga boribgina to`xtatiladi.

Microsoft kompaniyasi joriy yilning yanvar oyidan boshlab, Internet Explorer internet brauzerining 8, 9 va 10 talqinlarini qo`llab-quvvatlashni ham to`xtatdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1