AsosiySiyosat

Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri O`zbekistonga keladi

'Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbaev boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan O`zbekistonga keladi.

2020 yilning 5-6 noyabr kunlari kunlari Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri Ruslan Kazakbaev boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan O`zbekistonda bo`ladi.

O`zbekiston TIV matbuot xizmati xabariga ko`ra, tashrif dasturida Hukumat, tashqi ishlar, investisiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

Bo`lajak muzokaralar chog`ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

 
  

Boshqa yangiliklar