AsosiySUG'DIYONA

Sergey Esenin va Aysedora Dunkanning fojiali muhabbati...

“Sevgilim! 
Men uchun — 
Qiynaldingiz ko`p. 
G`amgin ko`zingizdan 
Sezardim buni. 
Axir men sharobga 
Bosh bilan cho`kib, 
G`avg`osiz o`tmasdi 
Biror-bir kunim”.

Sergey Esenin

Ma`shuqani «go`zallikda benazir yalangoyoq xonim», oshiqni esa «qishloqdagi so`nggi shoir», deyishardi. Bu ikki mashhur shaxs muhabbati orqali bir-birining hayotini o`zgartirib yuboradi. Fojeali sevgining iste`dodli egalari bu — amerikalik raqqosa Aysedora Dunkan va rus shoiri Sergey Esenin edi...

Aysedora Dunkan Moskvaga 1921 yili keladi. Butun dunyoga mashhur raqqosa Katta teatrda chiqish qiladi. Hukumat taqdim qilgan hashamatli uyda 24 yil yashaydi. Balerina 3 farzandini yo`qotgach, raqsdan dars berish hayotining mazmuniga aylangandi. Biroq bu borada qiyinchiliklar tug`ilgach, uning oldida ikkita yo`l turardi: Evropaga qaytish yo gastrol orqali pul yig`ish. Shu vaqtda raqqosaning Rossiyada qolishi uchun yana bir sabab topiladi. U — bir qarashdayoq raqqosaning muhabbatini qozongan Sergey Esenin edi. Ilk uchrashuvdayoq Esenin balerinaning poyiga tiz cho`kadi. Aysedora shoir haqida hech qanday ma`lumotga ega emasdi. Yoshi o`tibroq qolgan ayolning sevgi qissasiga o`ralashib qolishi mutlaqo kutilmagan hoatda yuz bergandi. Sergey Esenin bu vaqtgacha 3 bor oila qurishga harakat qilgan, biroq uddasidan chiqolmagan.

“Shoirning do`sti Anatoliy Mariengof: “Eseninga — Shalyapinning qizi, Lev Tolstoyning nabirasi va mashhur fabrikant Zinaida Rayxning qizi oshiq edi”.

Biroq shoir do`stiga yozgan maktubida yuragini larzaga keltirgan ilk va sof muhabbat haqida yozadi. Xatda “maqsadi sari intiluvchan bu ayolda o`zimga yaqin, ko`ngil tubidagi sirlarimni oshkor eta oladigan insonni topgandekman”, deyilgandi. Deyarli hech qancha vaqt o`tmay, Esenin va Dunkan birga yashashni boshlashadi. Ular tanishishganida shoir 26, Aysedora esa 44 yoshda edi. Xonanda Alisa Mon ular orasidagi yosh tafovutini muhokama qila turib, boshqa shoirning fikriga qo`shiladi.

«Yosh tafovuti hech qanday ahamiyatga ega emas. Pushkin aytganidek, «sevgi yosh tanlamaydi!» Bu so`zlar Esenin va Dunkanga ham aloqador».

Ularning munosabatiga kimdir hasad, boshqasi havas, yana birov achinish bilan qarardi. Yuriy Loza bu boradagi fikrlarini yashirolmasdi...

«Esenin shaxsi, xuddi Dunkanning shaxsi singari juda takroriy. Shunday ekan ular orasida uchqun paydo bo`lgani tabiiy. Bu esa atrofdagilarda qiziqish uyg`otyapti, xolos».

Dunkan mag`rur ayol edi. Lekin yosh tafovutidangina uyalardi. Shuning uchun ma`muridan  pasportdagi tug`ilgan yilini o`zgartirib berishini aytadi. Sevishganlar ikki marta: 1922 yilning 2 mayida Rossiyada, keyinroq chegaradan tashqarida to`y qilib berishgan.

Ularning sevgisi ko`pchilikka g`alati va tushunarsiz edi. Biroq sevishganlarni yaqinlari ular bir-birlarini chin dildan sevganini ta`kidlaydi. Esenin va Dunkan ko`p bor janjallashishgan, idishlar singan, bir-biridan ko`ngli qolib uzoqlashgan paytlari bo`lgan. Biroq ko`p o`tmay  yarashib olishardi.

Eseninni ichkilikdan qutqarish uchun Aysedora uni Evropaga olib ketgan. Vataniga bo`lgan muhabbat esa Dunkanga bo`lgan sevgisidan ustunlik qilardi. Natijada birga yashashlari og`irlashadi. Hatto shoir oradagi 18 yosh farqni Dunkanning yuziga soladi. Shunda raqqosa shoir bilan umrini bexuda o`tkazganini anglaydi. Moskva vokzalida Aysedora Sergeyning qo`lidan ushlab, “Endi sen bilan meni bog`laydigan hech qanday rishta qolmadi”, deydi. 1923 yilning kuzida ular qonunan ajrashishadi.

Shoir Aysedoraga yozgan maktubida raqqosani xurmat bilan yodga  olishini bot-bot yozadi. Dunkan ham hech qachon Esenin haqida nojo`ya gap aytmagan. Shoir o`z joniga qasd qilganini eshitgan raqqosa Parij gazetalaridan biriga “biz sira urishmaganmiz”, deya intervyu beradi.

Aysedora shoirning o`limidan yarim yil o`tib vafot etguniga qadar uning xotirasi bilan yashaydi. Mallasoch shoirning so`nggi sevgisi raqqosa taqdirida g`ayrioddiy rol o`ynadi...

 

 

 

    Boshqa yangiliklar