1

Davlatimiz rahbari videoselektor yig`ilishi Tibbiyot xodimlari kuni arafasida o`tkazilayotganini ta`kidlab, sohaning barcha vakillarini bayram bilan tabrikladi

Siyosat 06.11.2020, 21:21
Davlatimiz rahbari videoselektor yig`ilishi Tibbiyot xodimlari kuni arafasida o`tkazilayotganini ta`kidlab, sohaning barcha vakillarini bayram bilan tabrikladi

«Pandemiyaning birinchi kunidan boshlab 100 mingdan ziyod tibbiyot xodimi safarbar etildi, ular jonini garovga qo`yib, haqiqiy qahramonlik ko`rsatdi»

Davlatimiz rahbari videoselektor yig`ilishi Tibbiyot xodimlari kuni arafasida o`tkazilayotganini ta`kidlab, sohaning barcha vakillarini bayram bilan tabrikladi:

— Inson salomatligi uchun o`zini mas`ul va javobgar deb hisoblaydigan har bir tibbiyot xodimi bilim va malakasini doimiy oshirib borishi, yangi texnologiyalar va davolash usullarini har tomonlama puxta egallashi eng o`tkir masalaga, hayotiy zaruratga aylanmoqda. Aminmanki, Abu Ali ibn Sinodek buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari, O`zbekiston tibbiyot maktabi an`analarining davomchilari bo`lgan siz, azizlar, o`z faoliyatingizni ana shunday yuksak mezonlar asosida tashkil etib, olijanob burchingizni bundan buyon ham sharaf bilan ado etasizlar, — dedi Prezident.

Sog`liqni saqlash tizimini rivojlantirish, soha xodimlarining mehnatini munosib qadrlash, malakali kadrlar tayyorlash, xorijiy tibbiyot markazlari va oliygohlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalari davlatimizning doimiy e`tiborida bo`lishi ta`kidlandi.

 Pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab bu kurashga 100 mingdan ziyod tibbiyot xodimi safarbar etilgani, ular o`zlarini ayamasdan, jonlarini garovga qo`yib, haqiqiy qahramonlik ko`rsatayotgani e`tirof etildi.  

— Ishonaman, jonkuyar shifokorlarimiz bugungi belgilangan vazifalarni ham fidoyilik va matonat bilan, bor bilim va tajribalarini ishga solib, albatta uddalaydilar. Eng katta boylik bo`lgan xalqimiz salomatligini saqlashda haqiqatda jonbozlik ko`rsatadilar, — dedi Shavkat Mirziyoev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1